Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.93K links
Download Telegram
#Sayyor_qabul #Yakuniy_natija

Toshkent viloyati hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashdi. Taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 225 ta murojaat kelib tushdi. 50 dan ortiq murojaat yuzasidan joyida tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 16 nafar fuqaroga "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratiladigan boʻldi. 65 nafar fuqaroning murojaati deputatlar ishchi guruhi tomonidan oʻrganilishi boʻyicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, 90 ta murojaatda koʻtarilgan turli yoʻnalishlardagi masalalar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilishi uchun ijrochilarga yoʻnaltirildi. 14 nafar fuqaroning murojaati esa amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli, asoslantirilgan holda rad etildi.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Yashilmakon2024

Qabristonlar obodligi-xalqimiz ma'naviyati ko'zgusi.

Bugun Degantepa mahalla fuqarolari yig'ini hududidagi qabristonda, mahalla faollari ishtirokida xashar tashkil qilindi. Qabriston obodonlashtirilib "Yashil makon " umummilliy loyihasi doirasida terak, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Yashilmakon2024

“Yashil makon” - vijdonimiz, boʻlajak hayotimiz, farzandlarimiz oldidagi masʼuliyatimiz. Sh.Mirziyoyev

Bugun Yashil makon umummiliy loyihasi doirasida Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari Q.Alkarov boshchiligida Iqtisodiy kopleks vakillari tomonidan Degantepa mahallasi hududida uch yuzga yaqin sadaqayrag'och va dub daraxt ko'chatlari ekildi.

🌱Ushbu ekilgan daraxtlarga maxsus suv qudug'i qazilib, o'n tonna hajmli suv rezervari o'rnatildi, aqlli suvg'orish texnologiyasi joriy qilinmoqda.

📷Daraxt ko'chatlari doimiy nazoratga olish maqsadida hududga 24/7 kuzatuv kameralari o'rnatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Россия Федерацияси Федерал Мажлиси Федерация Кенгаши Раиси Валентина Матвиенко билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Председателем Совета Федерации Федерального Собрания Российской Федерации Валентиной Матвиенко.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X