Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Ўзбекистон ва Қозоғистон Президентлари Хивадаги Нуриллабой сарой мажмуасида бўлдилар

Президенты Узбекистана и Казахстана посетили дворцовый комплекс Нуруллабая в Хиве

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ob_havo

☀️🌥🌧Haftaning soʻnggi kunida Toshkent viloyatida qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 6-aprel kuni Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi,  gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  

Harorat kechasi 7-12,  kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.


🔘Bo’ka tumani. Tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududda eski simyog'ochlarni temir-beton ustunlarga almashtirish va tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘
Yangiyo’l shahri. Shahar hokimi tegishli mas'ullar bilan birgalikda Toshkent shox ko‘chasi M-34 avtomobil yo‘li bo‘ylarida bo‘lib, tadbirkorlarga o‘z hududini obodonlashtirish, noqonuniy savdolarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushunchalar berdi.

🔘
Nurafshon shahri. Shahar hokimi va sektor rahbarlari Tibbiyot birlashmasi atrofini obodonlashtirish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududda o'rganish ishlarini olib bordi.

🔘
Zangiota tumani. Tumanda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🔘
O’rta Chirchiq tumani. Viloyat prokurori, tuman hokimi va "Mahalla yettiligi" ishtirokida mahallada amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

🔘
Chinoz tumani. Tumandan o‘tuvchi M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo‘lining 41-70 kilometr oralig‘ida asfalt-beton qoplamasini to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

🔘
Ohangaron tumani. Tuman hokimining oʻrinbosari “Shodmalik” mahallasida boʻlib, “Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla” meʼzonlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari holati bilan tanishdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda yo'l qurilishi va ta'mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, ikki va undan ortiq 16 yoshga to'lmagan bolalari bor yolg'iz onalarning mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi (1 480 500 so'm) daromadlari soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

✔️ Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma'lumotnoma asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida shahar hokimi I.Klichxanov hamda universitet talaba yoshlari ishtirokida  bo'lib o'tgan "HOKIM VA YOSHLAR" uchrashuvi Nurafshon TV nigohida.

Manba: NURAFSHON TV

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Rasman

❗️“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsumi gʻoliblari roʻyxati eʼlon qilindi.

Toshkent viloyatidan qoʻyilgan 1885 ta loyihaning 313 tasi gʻolib deb topilib, ular uchun 350,15 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yakuniy_natija

Toshkent viloyati hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashdi. Taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 225 ta murojaat kelib tushdi. 50 dan ortiq murojaat yuzasidan joyida tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 16 nafar fuqaroga "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratiladigan boʻldi. 65 nafar fuqaroning murojaati deputatlar ishchi guruhi tomonidan oʻrganilishi boʻyicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, 90 ta murojaatda koʻtarilgan turli yoʻnalishlardagi masalalar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilishi uchun ijrochilarga yoʻnaltirildi. 14 nafar fuqaroning murojaati esa amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli, asoslantirilgan holda rad etildi.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Yashilmakon2024

Qabristonlar obodligi-xalqimiz ma'naviyati ko'zgusi.

Bugun Degantepa mahalla fuqarolari yig'ini hududidagi qabristonda, mahalla faollari ishtirokida xashar tashkil qilindi. Qabriston obodonlashtirilib "Yashil makon " umummilliy loyihasi doirasida terak, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt