Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.6K photos
3.17K videos
43 files
9.79K links
Download Telegram
🔸 Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 26-30 mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

🔹 26-28 mart
kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🔹 Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, joriy yilning 26-31 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

🔹 Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

🔺 Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘rab qoladi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Hurmatli fuqarolar!

15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#2024_yil_1_apreldan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-aprelgacha mehmonxona xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlar mehmonxonaning kamida 3 ta xonasini nogironligi bo'lgan shaxslar o'rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlasa, shuningdek, eshitishi va ko'rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o'rnatsa, ularga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:

🔹yulduzli toifadagi mehmonxonalarga – 2 million so'm;

🔹yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga – 1 million so'm.

👉Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_farmoyishi

"Nurafshon business city" hududida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Bino qurilishi uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#mehnat_yarmarkasi
#2_sektor_Muqumiy_MFY
#jarayon

Aholi bandligini taʼminlash hamda shaharda band boʻlmagan yoshlar va xotin-qizlar, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilinganlar, aliment toʻlovchi fuqarolar bandligini taʼminlash maqsadida Nurafshon shahar 2-sektor Muqumiy mahallasida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.


Shahar hokimligi, prokuraturasi, IIB Probatsiya boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan yarmarkaga shahardagi 11 ta korxona va tashkilot mavjud 120 ta boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.
Jarayonda 5 nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligiga oid maslahatlar, 6 nafariga esa kasbga oʻqitish uchun, 1 nafar fuqarolarga jamoat ishlariga yoʻllanma berildi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#trening
#ilk_qadamlar

Oʻrgatamiz- oʻrganamiz!!!

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻrsatmasiga asosan Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari uchun uch kunlik seminar trening tashkil etildi.

💥 Trening sessiyalarining mavzulari bilim va koʻnikmalari amaliyotga hamohang holda bogʻlab oʻtilmoqda.

✍️  Ijtimoiy ish,  ijtimoiy soha,  lavozimiy yoʻriqnomalar va xodim rollari bugungi kun mavzusi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Auksion

"E-auksion"
platformasida Toshkent viloyatida 1671 mingga yaqin tadbirkorlikka mo'ljallangan yer uchastkalari mavjud bo'lib, ularni elektron savdo platformasi orqali sotib olishingiz mumkin.

📍Angren shahri - 169 ta (Ko'rish);
📍Bekobod tumani - 121 ta
(Ko'rish);
📍Bo'ka tumani - 164 ta
(Ko'rish);
📍Bo'stonliq tumani - 8 ta
(Ko'rish);
📍Zangiota tumani - 8 ta
(Ko'rish);
📍Qibray tumani - 37 ta
(Ko'rish);
📍Quyi Chirchiq tumani - 212 ta
(Ko'rish);
📍Nurafshon shahri - 32 ta
(Ko'rish);
📍Oqqo'rg'on tumani - 66 ta
(Ko'rish);
📍Olmaliq shahri - 38 ta
(Ko'rish);
📍Ohangaron tumani - 144 ta
(Ko'rish);
📍Ohangaron shahri - 11 ta
(Ko'rish);
📍Parkent tumani - 1 ta
(Ko'rish);
📍Piskent tumani - 371 ta
(Ko'rish);
📍Toshkent tumani - 1 ta
(Ko'rish);
📍O'rta Chirchiq tumani - 65 ta
(Ko'rish);
📍Chinoz tumani - 122 ta
(Ko'rish);
📍Chirchiq shahri - 9 ta
(Ko'rish);
📍Yuqori Chirchiq tumani - 27 ta
(Ko'rish);
📍Yangiyo'l tumani - 65 ta
(Ko'rish).

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Bildirish

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 30-mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy oʻyingohda jurnalist va bloger (vayner, youtuber, tik-toker, instabloger)lar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Ushbu musobaqada qatnashish istagida bo‘lgan jurnalist, bloger, kanal yurituvchi va ijtimoiy tarmoq faollari oʻzi istiqomat qiladigan hudud hokimligining axborot xizmati boʻlimiga uchrab, roʻyxatdan oʻtishi yoki +998909584838, +998909033994 telefon raqamlarga qoʻngʻiroq qilishi kerak.

📝Arizalar joriy yilning 29-mart kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte