Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.93K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудлар иқтисодиёти, муҳим ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси билан танишиш мақсадида Наманган вилоятига жўнаб кетди.

Президент Шавкат Мирзиёев в целях ознакомления с развитием экономики регионов, исполнением важных социально-экономических программ отбыл в Наманганскую область.

#Mirziyoyev #safar #Namangan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Bozor va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan 2024-yilda undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish yuzasidan hokim qarori

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatidagi shahar va tuman hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyiha menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash hamda ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. 2024-yil 1-aprelga qadar ularga ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tuziladi.

Joriy yil 1-iyulga qadar mazkur vazifa egalari faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishi tajriba-sinov tariqasida, yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirish choralari koʻriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Seminar

Nurafshon shahridagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boyicha - ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov hamda Nurafshon shahriga biriktirilgan mas'ul vakil "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqarma boshlig'i o'rinbosari I.Muxiddinov ishtirokida seminar tashkil qilindi.

Unda Nurfshon shahridagi mavjud 22 ta mahalla fuqarolari yig'inlariga shahar hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari majmuasidagi biriktirilgan 52 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Eʼlon
#Diqqat

Dehqonobod mahalla fuqarolari hamda shahrimiz aholisi Nurafshon shahar hokimi tashabbusi bilan Dehqonobod MFY binosida Ishga marhamat boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻladi

Nurafshon shahar hokimligi, prokuraturasi, IIB, DSI hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Mehnat yarmarkasida ishsiz aholi, xususan, ish izlovchi yoshlar, xotin-qizlar, shaharda mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish hamda joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tadbir vaqti: 26-mart, soat 11:00.
Manzil: Dehqonobod MFY binosi


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Hokim_qarori

"Mahalla yettiligi"ning ishga kelib ketishida davomat yuritiladi

"Mahalla yettiligi" tarkibiga kiruvchi rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi boʻyicha davomat (tabel) yuritiladi.

"Mahalla yettiligi" aʼzolari mehnatiga mahalla fuqarolar yigʻini raisi tomonidan toʻldirilgan tabel asosida, ishga kelgan kunini hisoblab haq toʻlanadi.

Shuningdek, "Yettilik" faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, "Mahalla yettiligi" toʻgʻrisidagi naʼmunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlar ishlab chiqilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Iftorlik

💫Ramazon oyi tuhfasi

Ramazon oyining go‘zal amallaridan biri bu iftorlik – ehsonidir. Bu amalni qilish bilan kishi savob – mukofotlarga erishadi. Yoki o‘sha savobni o‘tgan yaqinlarining ruhiga bag‘ishlashi ham mumkin. Ehson qilinuvchi kishilar ham o‘zlariga ko‘rsatilgan bu yaxshilik, eʼtibordan sevinadilar, qalblarida ehson sohibiga nisbatan mehr, hurmat paydo bo‘ladi.

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tomonidan "O'zbegim" atalmush tantanalar saroyida Nurafshon shahridagi ehtiyojmand oilalar, mahallardagi nuroniy hoji ota, hoji onalarimiz, shaharda faoliyat yuritayotgan korxona tashkilot rahbari hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun  Iftorlik dasturxoni yozildi.

Bunda Nurafshon shahar aholisi yurtimizda bo‘layotgan islohotlardan mamnunligi va iftorlikni tashkillashtirgan yurtboshimizga shahrimizning mutasaddi xodimlariga yig'ilganlar o‘z minnatdorligini bildirishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt