Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
32.9K photos
3.17K videos
44 files
9.87K links
Download Telegram
⚡️Bugun Nurafshon shahar hokim oʻrinbosari - Oila va xotin qizlar boʻlimi boshligʻi N.A.Djumanova shahardagi mavjud 1-3-4 sektorlar hududida joylashgan mahallalarga borib, MFY raislari,  xotin-qizlar faollari bilan yaqindan tanishib, tizimda olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Shundan song ehtiyojmand oilalarga Yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
#Yangi_yil

Xalq deputatlari Nurafshon  shahar Kengashi deputati, Xurriyat  MFY raisi K.Umarboyev MFYda yashovchi ehtiyojmand oila farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolajonlarga Yangi yil bayrami munosabati bilan sovg'alar ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
##kun_tavsiyasi

IS GAZIDAN OGOH BOʻLING!

⚠️Isitish uskunalaridan foydalanish boʻyicha kun tavsiyasi

⭕️ Isitish pechini ishlatishdan oldin uning sozligiga eʼtibor qarating.

⭕️ Isitish pechi ishlatilayotganda uning moʻrisi va dudburoni vaqti-vaqti bilan tozalanib turishi kerak.

⭕️ Nosoz pech yongʻinga olib kelishi va is gazidan zaharlanishga sabab boʻlishi mumkin.

Xavfsizlik oʻz qoʻlingizda!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
MAXSUS DAYJEST

Toshkent viloyatining hududlarida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil qilingan.

🔘Angren shahri. “Angren dehqon bozori" MCHJ hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

🔘Bekobod shahri. Dehqon bozori hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari narxini nazorat qilish maqsadida, shahar hokimligi mutasaddilari va Jamoatchilik nazorati vakillari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔘Bekobod tumani. Tuman markazida qulay narxdagi oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil qilindi.

🔘Bo‘ka tumani. "Istiqlol dehqon bozori" MCHJ hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Bo‘stonliq tumani. Olis va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida, arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tuman hududida arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi bo'lib o'tmoqda.

🔘Nurafshon shahri. Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan bo'lib, fuqarolar hamyonbop narxlarda mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

🔘Olmaliq shahri. "Oydin" dehqon bozori ma’muriyati tomonidan tashkillashtirilgan arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasida savdo qizg‘in tus olmoqda.

🔘Oqqo‘rg‘on tumani. Savdo yarmarkalaridagi narxlarning barqarorligi bo‘yicha tegishli mutasaddilardan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan o'rganishlar olib borilmoqda.

🔘Ohangaron shahri. Mas’ullar ishtirokida tadbirkorlar bilan suhbatlar o'tkazilib, arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkalarida narxlarning sun'iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

🔘Ohangaron tumani. "Chinor", "Ko‘ksaroy" va "Chetsuv" mahallalarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Parkent tumani. "Parkent dehqon bozori"da jamoatchilik nazorati o'rnatildi.

🔘Piskent tumani. Tumanda arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi yo‘lga qo‘yildi.

🔘Chinoz tumani. Tumanda bo'lib o'tayotgan savdo yarmarkalaridagi mahsulotlarning sifati va hamyonbopligi aholini mamnun etmoqda.

🔘Toshkent tumani. Jamoatchilik guruhi aʼzolari "Keles" dehqon bozoridagi narx-navo barqarorligini nazorat qilish maqsadida, bozorda boʻldilar.

🔘Chirchiq shahri. Shahardagi "Markaziy dehqon bozori”da arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

🔘O‘rta Chirchiq tumani. "Qorasuv" mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

🔘Qibray tumani. Tumandagi fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari poytaxt aholisi dasturxonini ham bezamoqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil qilindi.

🔘Yangiyo‘l tumani. "Gulbahor" shaharchasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Shahar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat yuritmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Ichki iste’mol bozorida narx-navoning barqarorligini ta’minlash maqsadida, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va DSI boshlig‘i ishtirokida oziq-ovqat savdo yarmarkasi faoliyati o‘rganildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Nurafshonda Yangi yil shukuhi

Yangi 2024 yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Yangi yil – eng orziqib kutiladigan bayram. U qalblarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Ayniqsa, jajji bolajonlar ushbu bayramni itniqib kutadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедовнинг телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Национальным лидером туркменского народа, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon_shahri
#Yangi_yil

Nurafshonda bayram shukuhi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
🔺Bugun kunduzi respublika bo‘ycha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

🔺Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-6° iliq bo‘ladi.

🔺Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda biroz qor bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo‘ladi.

------

🔺Сегодня днем по республике без осадков. Местами возможен туман. Ветер 7-12 м/с, по северу и пустынной зоне местами возможно усиление до 15-20 м/с. Температура 2-7° тепла.

🔺В столице без осадков. Ветер 3-8 м/с. Температура 4-6° тепла.

🔺По горным районам местами возможен небольшой снег, туман. По горным районам Ташкентской и Наманганской областей лавиноопасно. Ветер 7-12 м/с. Температура 2-7° мороза.

🔍 https://www.hydromet.uz

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ота-оналарнинг ҳар қандай ёшдаги фарзандлари контракти учун тўлаган пуллари даромад солиғидан озод қилинади

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-891-сон, 28.12.2023 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди

🔰 Божхона кодексига киритилган ўзгартиришга кўра, тўланиши божхона расмийлаштируви билан боғлиқ бўлмаган божхона йиғимларини божхона ҳудудида тўлаш белгиланди.

📆 Солиқ кодексига солиқ ҳисоботларини 3 йил бут сақлашга оид ўзгартириш киритилди (илгари 5 йил эди).

🚫 Камерал солиқ текширувида қуйидаги солиқ назорати тадбирларини ўтказиш тақиқланди (қўшилган қиймат солиғининг ўрнини қоплаш (қайтариш) мақсадида ўтказиладиган камерал солиқ текшируви мустасно):

▫️солиқ тўловчи ҳудудига кириш;
▫️солиқ тўловчи ҳудуди ва биноларини кўздан кечириш;
▫️солиқ тўловчидан ҳужжатларни талаб қилиб олиш ва уни чақиртириш;
▫️солиқ тўловчининг ҳужжатлари ва буюмларини олиб қўйиш.

📁 Эндиликда солиққа оид ҳуқуқбузарлик учун 3 йил ичида жавобгарлик масаласи кўриб чиқилиши керак, 3 йилдан кейин шахс ҳуқуқбузарлик содир этганлик учун жавобгарликка тортилиши мумкин эмас (илгари 5 йил эди).

Ота-оналар ҳар қандай ёшдаги фарзандларининг прoфессионал ва олий таълим ташкилотларида ўқиши учун тўлаган пуллари даромад солиғидан озод қилинади.

Илгари фақат 26 ёшгача бўлган фарзандлар учун тўланган пуллардан даромад солиғи олинмаган.

🌐 Қуйидагиларга қўлланиладиган солиқ имтиёзлари 2028 йил 31 декабргача узайтирилди:

🔹Ўзбекистон резидентлари ва норезидентлари бўлган жисмоний шахсларнинг (акциядорларнинг) акциялар бўйича дивидендлар тарзидаги даромадлари жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғидан озод қилинади;

🔹Ўзбекистоннинг норезидентлари бўлган юридик шахсларнинг (акциядорларнинг) акциялари бўйича дивидендлар тарзидаги даромадларига фойда солиғи бўйича 5 фоиз миқдорида солиқ ставкаси қўлланилади;

🔹Ўзбекистоннинг резидентлари ва норезидентлари бўлган жисмоний ва юридик шахсларнинг хўжалик жамиятлари облигациялари бўйича фоизлар тарзидаги даромадлари жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғидан ҳамда фойда солиғидан озод этилади.

Ушбу Қонун 2024 йил 1 январдан эътиборан кучга киради.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
HURMATLI  ISTEʼMOLCHILAR BARCHANGIZNI YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIKLAYMIZ VA OʻZ NAVBATIDA ESLATIB OʻTAMIZ!!!

❄️Havo haroratining pasayishi natijasida isteʼmolchilarimiz tomonidan tabiiy gazga ehtiyoj  ortib bormoqda. Shu sababli  “Nurafshonshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi  isteʼmolchilardan tabiiy gazdan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qilish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, dudburon tizimiga alohida eʼtibor berishlaringizni soʻraydi.

🔥Gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymasligingizni  va gaz hidi paydo boʻlgan holda,   “Nurafshonshahargaz ” gaz taʼminoti boʻlimi 99 004 81 04 va  104 telefon raqamlari orqali gaz taʼminoti dispetcher  xizmatiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

☝️ESLATMA:

Respublikamizda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilganligi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.  Karzdorlik tufayli xonadoningizda gaz taʼminotida uzilishlar boʻlishining oldini olish maqsadida, foydalanilgan tabiiy gaz uchun mamlakatimizda mavjud toʻlov tizimlari (Clic, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishingizni  suraymiz.

Maʼlumot uchun: Tabiiy gaz taʼminoti  oʻchib qolgan holda,  qaytadan ulash uchun toʻlovni amalga oshirish va hisoblash  asbobi blokirovka boʻlib qolishining oldini olish maqsadida, hisobdonni  yoqishdan oldin barcha gaz jihozlarini  oʻchirib qoʻyish lozim. Koʻk rangli “ENTER” tugmasining uch marta bosilishi yonilgʻi  taʼminotini davom ettirishga imkon beradi. Notoʻgʻri  yoqilganligi sababli “Aqlli” hisoblagich blokirovka boʻlib qolgan holda 1104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish kerak. “Hududgaztaʼminot” AJ Koll-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi.
 
“Nurafshonshahargaz”  GTB maʼmuriyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram
❄️ Hurmatli hamshaharlar va aziz bolajonlar hamda shahrimiz mehmonlari!

❄️Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Shaharning asosiy Yangi yil archasi barchaga birdek bayram kayfiyati ulashmoqda.

⚡️Shu jumladan har kuni soat 18:00 dan boshlab shahrimiz markazida Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tishini yana bir bor ma'lum qilamiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram