Nurafshon shahar hokimligi
1.83K subscribers
32.5K photos
3.16K videos
43 files
9.75K links
Download Telegram
#jarayon

🔰Adliya Vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi, "O'zbekistonning qishloq, shahar xududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish" qo'shma loyiha doirasida, Nurafshon shahar Adliya bo'limida xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari uchun amaliy seminar bo'lib o'tdi.

♻️ Seminarda BMT Taraqqiyot dasturi loyiha xodimi O. Yaxshiyev, shahar hokimi o'rinbosari K. Pardaboyeva, shahar Adliya bo'limi boshlig'i I. Xatamov, xotin- qizlar maslahat guruhi eksporti F. Abdurasulova, "Madad" NNT yuristi N. Niyozov, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

⚡️ Yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad, O'zbekistonning qishloq, shahar hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirishda Nurafshon shahar xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilarining rolini oshirishdir.
#Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
"E-auksion" platformasida dehqonchilik uchun yerlar qayta savdoga chiqarildi!

22 mingdan ortiq yerlar 30 yilga ijaraga berilmoqda!

▪️ Toshkent viloyatidan 2070 ta (ko'rish)

🔔Tanlovda qatnashish tartibini o'rganish (video)

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Diqqat, e’lon!

Nurafshon shahar “Birlik” MFYning Birlik ko‘chasida gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ushbu mahallaning Birlik, Navro‘z hamda Chilonzor ko‘chalaridagi aholi va ulgurji iste’molchilarida 2023-yil 26-iyul soat 8:00 dan 18:00 ga qadar gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Avariya dispetcherlik xizmati telefon raqami (99) 004-81-04

"Nurafshonshahargaz" gaz ta'minoti bo‘limi

👇👇👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa
Uylar bunyod, ko‘ngillar obod bo‘lmoqda

Mamlakatimizda bo‘layotgani singari Nurafshon shahrida ham aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash ishlari tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.

Xususan, shahar hokimi Ilhom Klichxanovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash, qolaversa, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Mahalla xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo‘linmasiga kelib tushgan homiylik mablag‘lari hisobidan shahar Oila va xotin-qizlar hamda Qurilish bo‘limlari mas’ullari, shuningdek, jamoat fondi bilan birgalikda Ayollar daftarida ro‘yxatda turgan fuqarolarga uy ta’miri uchun qurilish materiallarini yetkazib berishmoqda.

Fuqarolar bu e’tibordan mamnun. Xalqchil siyosatimiz boshida turgan Prezidentimizga o‘z minnatdorligini bildirishmoqda.

👇👇👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa
Tadbirkor bilan muloqot – iqtisodiy barqarorlik kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2023-yil 17-iyuldagi 42-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkor, investor va eksportyorlar bilan Ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda ishtirok etganlar faoliyatlari davomida duch kelayotgan turli muammolar yuzasidan hokimga murojaat qilishdi. Nurafshon shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari, shahardagi korxona-tashkilotlar rahbarlari tomonidan tadbirkorlar yo‘llagan murojaatlar ijobiy hal etildi.
Xususan, "Tekstile Mill Tashkent" MChJ QK, "FOOD AGRO COMPANY", "ABLE SURPLUS", "HEAVEN AND EARTH", "MAXSUS POLIMER ZAVODI", "HWASHIN KOREA ACADEMY", "LONG XIN GROUP", "HENG DA GROUP", "METAL METIZ INDUSTRY GROUP" MChJlariga bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirishda, imtiyozli kreditlar olishda, kommunal tizim muammolari yechimida soha mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

👇👇👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa
E-auksion.uz: Biznes uchun 7100 dan ortiq davlat mulkini ijaraga oling!

▪️Toshkent viloyatidan 462 ta (ko'rish)

*Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Tibbiy_ko'rik

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari tominidan "Uchqun" MFY aholisi uchun tibbiy ko'rik hamda bosh shifokor M.M.Peltabayeva  tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Tibbiy ko'rikda EKG, UTT, laboratoriya tekshiruvlari hamda terapevt, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, oila shifokori kabi tor soha mutaxassislari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, kasallik aniqlanganlarga davo muolajalari tavsiya etildi.

Sayyor qabulda aholi tomonidan murojatlar o'rganilib muammolariga yechim topildi.
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi ma'muriyati!

👇👇👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маъмурий ислоҳотлар доирасида маданият ва туризм соҳасида давлат бошқарувини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Nurafshon shahar hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi

Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilhom Klichxanov fuqarolar bilan qabul o‘tkazdi.

Shuningdek, qabulda hokim o‘rinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Fuqarolar tomonidan kelib tushgan ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murojaatlarga belgilangan muddatda qonuniy yechim topish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

👇👇👇
https://t.iss.one/Nurafshonpressa