Nurafshon shahar hokimligi
1.83K subscribers
32.5K photos
3.17K videos
43 files
9.76K links
Download Telegram
#Nurafshon
#tibbiy_ko’rik

🏥Nurafshon Shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan 1-maktabi o’quvchilari hamda “Muqumiy” MFYda dispanser nazoratida turadigan bemorlar, Nuroniylar hamda yosh bolasi bor oilalarga tibbiy xizmatlar tashkil etildi.

🩺Ularga tor soha mutaxassislari UZT, EKG hamda laborator diagnostika xizmat ko'rsatishdi.

💊 Imkoniyati cheklangan bemorlarga  bepul dori-darmonlar tarqatildi.
"Ayollar daftari" bo'yicha muloqot

Bugun Respublika va Toshkent viloyati Kasaba uyushmalari Kengashidan vakillar, shahardagi 4 ta sektor rahbarlari va mas'ul kotiblar, ishchi guruhga biriktirilgan mas'ullar hamda shahardagi 22 nafar xotin-qizlar faollari ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Muloqot davomida 2022-yil 31-martdagi 145-sonli "Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror hamda 19-dekabrdagi 4-sonli bayonnoma asosida "Ayollar daftari"ning 4-bosqichiga xotin-qizlarni kiritish xususida gapirildi.

Shuningdek, xotin-qizlarni "Ayollar daftari"ga ro'yxatga qo'yishda individual anketalarni to'ldirilish holatini o'rganish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.⚡️Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
DIQQAT BILDIRISH!!!

Hozirda yirik energetika tizimidagi sistema blok stansiyaning birida yuzaga kelayotgan nosozliklar sababli, hamda qolgan barcha uskunalarni soz holatda saqlash maqsadida, "Magistral elektr tarmoqlari" AJ tomonidan 110 kV yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga bir qator cheklovlar kiritilmoqda. Mazkur cheklovlar kiritilishi natijasida, Toshkent viloyatining Nurafshon shahar va O'rtachirchiq tuman hududlarida navbatma-navbat kun davomida elektr  ta’minoti uzulishlari kuzatiladi.(3-4kun davomida)

Energetika tizimidagi nosozliklar bartaraf etilib, tuman hududlarini elektr ta’minoti bilan ta’minlovchi 110 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari ta’minoti qayta tiklangach hududlar isteʼmolchilari bosqichma-bosqich elektr ta’minoti bilan ta’minlanadi.


✍️ "HET" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati Nurafshon va O'rtachirchiq. T(Sh) ET Noqulayliklar uchun uzur so'raydi
Ҳисобот топширувчи кичик корхона ва микрофирмалар диққатига!

Кичик корхона ва микрофирмалар томонидан тақдим этиладиган 2022 йил якунлари бўйича “1- kb” йиллик статистика ҳисоботини топширувчи кичик тадбиркорлик субъектлари (хорижий капитал иштирокидаги корхоналар)га ҳисобот топширишда услубий ёрдам бериш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги томонидан оn-line мулоқотлар ташкил этилмоқда.

Ушбу оn-line мулоқотларда “1- kb” шакли ҳисоботининг ҳар бир бўлими ва ундаги кўрсаткичлар бўйича саволларингизга атрофлича жавоб берилади.

Оn-line мулоқотлар "Zoom" платформаси орқали 2023 йилнинг 16 январидан 27 февраль кунига қадар ҳафтанинг душанба, чоршанба ва жума кунлари соат 15:00 дан 18:00 га қадар доимий тарзда ташкил этилади.

❗️Эслатиб ўтамиз,
кичик корхона ва микрофирмалар учун “1- kb” йиллик статистика ҳисоботини топшириш муддати 2023 йилнинг 27 февраль санасида якунланади.

❗️Оn-line мулоқотларда фаол иштирок этинг!

Zoom ID: 884 4342 2843
Кириш коди: 281322
Yog‘ingarchiliklardan so‘ng Nurafshon shahar ko‘chalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda va bunda obodonlashtirish hodimlarining mehnatlari tahsinga sazovor. Hurmatli Nurafshon shahar aholisi ushbu savobli ishlarda barchamiz o‘z hissamizni qo‘shaylik.