Nurafshon shahri hokimligi
2.24K subscribers
37.1K photos
3.4K videos
47 files
10.9K links
Download Telegram
#Nurafshon
#Zakovat
#saralash

Nurafshon shahridagi 4- sektorda joylashgan mahallalar oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini o'tkazildi.

📌 Unda MFY raislari, hokim yordamchisi, xotin qizlar faoli, yoshlar yetakchilaridan tarkib topgan jamoalar o'zaro bellashdilar.

🥇 Qizg'in bahs-munozaraga boy bo'lgan o'yin natijalariga ko'ra 4-sektorning "Uchqun" MFY xodimlari jamoasi birinchi o'rinni qoʻlga kiritib shahar bosqichiga yoʻllanma olishdi.

💐 "Uchqun" omad yor bo'lsin!!!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat

📝 Davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida AI-80 markali benzinga joriy etilgan imtiyoz joylarda "o‘yin bo‘lib ketmasligi" kerakligini alohida ta’kidlab, bu borada Bosh prokuratura va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli topshiriqlar bergan edilar.

🔷 Bugungi kunda Nurafshon shahar hududida 6 ta AYoQSH faoliyat olib borayotgan bo'lib, joriy yilning 17 dekabr holatiga ko'ra quyidagi 5 ta shaxobchalarda:

1. "FORMULA 1" MCHJ
2. "UNG PETRO" MCHJ
3. "MUBARRO-OIL" MCHJ
4. "BARS" MCHJ
5. "RUSTAM" xususiy
korxona

💸 Ai-80 benzin narxlari 5700 so'mdan quyib berilmoqda.

❗️Eslatma!!! Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan bo'lib, unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.

👨‍💻 Siz shuningdek, kunlik ma'lumotlarni
@benzin_antimon_bot telegram manzili orqali bilishingiz, kuzatib borishingiz mumkin.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#hokim
#sayyor_qabul

Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.

Unda MFY fuqarolari o‘zlarining murojaatlari bilan ishtirok etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Nurafshon shahri hokimligi
#Nurafshon #hokim #sayyor_qabul Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda. Unda MFY fuqarolari o‘zlarining murojaatlari bilan ishtirok etmoqda. 📲 Bizni kuzatib boring:👇 Sayt…
#sayyor_qabul

Shahar hokimining navbatdagi fuqarolar uchun sayyor qabuli o'z nihoyasiga yetdi.

Shahar hokimi fuqarolarning muammolarini birma-bir eshitib, har bir murojaatlarni atroflicha o'rgandi.

Aksariyat masalalar joyida hal qilindi.

Yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot vakillariga topshiriqlar berilib, ijrosi yuzasidan qatiy topshiriqlar berildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Qutlov

Bugun Nurafshon shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari Kulbekova Nasiba Zakirovna tavalludi kuni.

Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan hamkasbimizni samimiy qutlaymiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Tabriklaymiz!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#Milliy_gvardiya
#tekshiruvlar

🏥 Shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari va ularning oila a'zolari uchun sog'lomlashtirish aksiyasi tashkillashtirildi.

🩺 Tadbirda ushbu fuqarolarga tor doiradagi mutaxassislar tomonidan (kardiolog, nervpotolog, stomatolog, terapevt, pediatr, ortaped, dermatolog) EKG, UTT, laborator diagnostika xizmatlari ko‘rsatildi.

🩸 Ulardan umumiy qon tahlili, glyukometrda qondagi qand miqdori tahlili, OITS, RW, zaxm tahlillari, vazn, bo’y va bel aylanalari o‘lchandi.

📝 Tadbir davomida oilada tibbiy saviyani oshirish, sog'lom muhitni yaratish to'g'risida tushunchalar berildi.

🗒 Shahar milliy gvardiya rahbari tomonidan esa tibbiyot xodimlari maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube