Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.93K links
Download Telegram
#Nurafshon
#xotin_qizlar
#davra_suhbati

Nurafshon shahridagi "Do‘stlik" uyida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Qutlimurodova, Shahar hokimining o‘rinbosari K. Pardabayeva, O‘zLiDeP a'zolari va faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kasanachilik bo'yicha o'qitilgan xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar ham topshirildi.

Nurafshon shahri Oila va xotin qizlar bo'limi qator hamkor tashkilot va idoralar bilan birga Ijtimoiy reestr ro'yxatida turuvchi 15 nafar ishsiz ayollarni kasanachilikning tikuvchilik yo'nalishida o'qishini tashkil etgan edi.

Endilikda ularga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib beriladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
#Nurafshon
#davra_suhbati
#emlash

💁‍♂️ Nurafshon shahridagi MFYlarda "COVID-19 infeksiyasiga qarshi aholini emlashga jalb etish" mavzusida davra suhbatlari olib borilmoqda.

💉
Davra suhbatida shahar SEO va JS boʼlimi masʼullari tomonidan ushbu kasallikka qarshi kurashish va oʼzlarini qanday himoya qilish, undan faqatgina vaksina olgan taqdirda uni chetlab o'tish boʼyicha tushuntirishlar berilmoqda.

🤝 Hamkorlar: "Yuksalish" umummilliy harakatining Toshkent viloyati hududiy boʼlinmasi, SEO va JS boshqarmasi, "UNICEF" xalqaro tashkiloti.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
#Nurafshon
#davra_suhbati
#48_maktab

Nurafshon shahridagi 48-sonli umumtaʼlim maktabida "Huquqbuzarlik, jinoyatchilik va pirotexnika vositalari va uning salbiy oqibatlari" mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Nurafshon shahar hokimligining Bolalarni himoya qilish sho‘ba mudiri A.Jonqobilov, Nurafshon shahar IIB katta inspektori-psixolog Sh.Madaliyev, shahar Xalq taʼlimi bo‘limi metodisti-psixolog D.Nuraliyeva ishtirok etishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube