Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
🌟Nurafshonda “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” tashkil etildi.

Nurafshon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2024-yil yozgi dam olish mavsumida rejaga koʻra 3 ta ( 9-, 26-, 57-) va qoʻshimcha ( 4-, 9-, 19-, 25-, 32-, 48-, 73-) maktablarda “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” tashkil etildi.

Sogʻlomlashtirish maydonchalarining ochilish marosimi koʻtaringki kayfiyatda oʻtdi.
Ushbu “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” ga shahardagi jami 300 nafar rejaga koʻra va 650 nafar qoʻshimcha oʻquvchilar qamrab olinishi belgilangan.
Mazkur joylarda sport, sanʼat, madaniyat, fan va IT texnologiyalarini oʻrgatish yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
"Sogʻlomlashtirish maydonchalari” da “Besh muhim tashabbus” doirasida oʻquvchi-yoshlar bilan amaliy va taʼlim tarbiyaviy toʻgarak va tadbirlar tashkil etiladi.

👉 Manba  Nurafshonziyo
👉Кириллда ўқиш

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bayram shukuhi!

🎉O‘zbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir go‘shasiga bormang, bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklarning guvohi bo‘lasiz. Istiqlol yillarida mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh avlodni jismonan va maʼnan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Bugun ham O‘zbekistonda bayram.

🎊1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining bolalar bo'limida “Bor mehrimiz seniki bolajon” nomli bayram tadbiri ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi.

🔹Tadbirda tibbiyot birlashma boshlig’i M.M.Peltabayeva,bolalar bo’limi D.P.Bo`riyeva so’zga chiqib, bolajonlarni samimiy qutlab,bayram sovg’alarini topshirishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

MURG‘AK QALBLARGA MEHR ULASHILDI

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#bayram_shukuhi

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi 48-maktabda “Bolalar kitob festivali” hamda "Sog'lomlashtirish maydonchasi" ning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi Toshkent viloyati bo’limi tomonidan berilgan 50 ta turli badiy kitoblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bolinmasi tomonidan bolajonlarimiz uchun turli xildagi sahnaviy chiqishlar, konsert dasturlari, ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etgan bolajonlarga bayram sovg’asi topshirildi.

Jarayonlar hududdagi ko‘ngilochar joylarda davom etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt