Nurafshon shahri hokimligi
5.38K subscribers
39K photos
3.54K videos
51 files
11.4K links
Download Telegram
Мурожаатноманинг жонли трансляциясини қуйидаги манбаларда:

▪️ Президент матбуот хизматининг Facebook'даги саҳифасида;

▪️ Президент матбуот хизматининг YouTube'даги каналида томоша қилинг.
👍1👏1🎉1
Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qildi.
👍2👏2🎉1
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligi ta’kidlandi.

Shu bois, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitusiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi qayd etildi.

Hozirgi kundagi jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo‘lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz zarur.
👍1👏1
Nurafshon shahri hokimligi
Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerakligi ta’kidlandi. Shu bois, “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat” degan g‘oyani Konstitusiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik…
✍️ Prezident yana bir muhim tashabbusni ilgari surdi.

Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda.

Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.

Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi. Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, ta’lim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.

Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazish taklif qilindi.
👍1👏1🎉1
«Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.

Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak», — Prezident.
👍3👏1🎉1
Prezident: Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi

— Bu yil “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi yangi qonunni qabul qildik. Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi.

Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi. Har yili 500 nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda o‘qitib kelamiz.

Kelasi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qo‘yiladi, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
👍2👏1🎉1
Kelasi o‘quv yilidan barcha viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham bepul ovqatlanish joriy etiladi

“Yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik.

Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi

O‘quvchilarni sifali ovqat bilan ta’minlashga Xalq ta’limi vaziri mas’ul bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
👏2👍1
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍2👏1🎉1
Kelasi yilda Toshkent viloyatida “MЕNING BIRINCHI UYIM” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi», — Shavkat Mirziyoyev.
👍3👏2🎉1
Президент Мурожаатномасидан энг муҳим иқтибослар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👍1👏1
Nurafshon shahri hokimligi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi soat 11:00 boshlanadi. 👨‍💻 Mazkur dastur: 1. MTRK teleradiokanallari; 2. Nodavlat telekanallar; 3. Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etiladi.
✍️ Yangi tizim doirasida:

- tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokurordan sudga o‘tkaziladi;

- tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi;

- sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi;

- odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi;

- sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi.

- ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi.
👍1👏1🎉1
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi.

"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.

Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi.

O‘zbekistonda mulk va investisiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
👍1👏1🎉1
Nurafshon shahri hokimligi
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi. "Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar…
«Ochiq aytish kerak, energetika sohasidagi muammolar bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q.

Ko‘p yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham, ayni haqiqat.

Oqibatda, tizimda aniq hisob-kitob yo‘qligi, katta yo‘qotishlar oddiy holga aylanib qolgan edi.

Shu bilan birga, so‘nggi olti yilda aholimiz 12 foizga, sanoat korxonalari esa 2 barobarga ortib, 45 mingdan 100 mingtaga ko‘paydi.

Natijada, elektr energiyasiga talab kamida 35 foizga oshdi va yildan-yilga ko‘payib bormoqda», — Prezident.
👍1👏1🎉1