Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
#munosabat

Nurafshon shahrining Evalak hamda Obod turmush mahallalari uchun PQ-408-son qarori asosida ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, hozirda qurilish tashkiloti tomonidan quvurlar tortilgan.

Tortilgan tarmoq to'liq asfalt qoplamasi bilan yopilmaganligi sababli, yomg'ir va qor natijasida tuproq cho'kishi holati yuzaga keldi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ayrim negativ fikrlar va noroziliklarga sabab bo'ldi.

Tegishli mas'ullar tomonidan holat darhol bartaraf etildi. Asfaltlash ishlari esa tuproq siqilib barqarorlashganidan so'ng, kunning issiq davrida amalga oshiriladi. Barcha chora-tadbirlar shahar aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida ko'rilmoqda.

Aholidan sabr-toqat va tushunish so'raladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистонликларнинг 94 фоизи бугунги ислоҳотларни қўллашини билдирган

Пойтахтимизда “Тараққиёт стратегияси” маркази, Жаҳон банки, Ҳамдўстлик ва Тараққиёт бюросининг Марказий Осиё бўйича ҳудудий ривожлантириш офиси билан ҳамкорликда ташкил этилган давра суҳбатида “Ўзбекистон фуқароларини тинглаб” тадқиқоти натижалари тақдимот қилинди.

📹 https://youtu.be/sgqdDw_LeUg

Батафсил: https://uza.uz/posts/692586

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Nurafshon shahrida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik sohasiga qiziqtirish va qutqaruvchilik kasbining sharafini yoshlarga singdirish maqsadida Prezident maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchi va yoshlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat faoliyati, maxsus texnika va asbob-anjomlar bilan tanishtirildi.

Tadbir yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish, ularni qutqaruvchilik kasbi bilan tanishtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

#Nurafshon #HarbiyVatanparvarlik #FavquloddaVaziyatlar #Qutqaruvchilik #PrezidentMaktabi #Yoshlar #Vatanparvar #Texnika #AsbobAnjom

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 14 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 38 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 20 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 21 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 29 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Nurafshon shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda mahalla raislari o‘z mahallasida amalga oshirgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, savollarga javob berishdi.

Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan eng yaxshi mahalla raislari taqdirlandi. Tanlov mahallalararo tajriba almashish va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

#Nurafshon #ObodXonadon #ObodKocha #ObodMahalla #SoglomTurmush #Ko‘rikTanlov #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt