Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.8K photos
3.21K videos
45 files
10.1K links
Download Telegram
#jarayon
#elektr
#ta'minoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-384-son Qarori yuzasidan Nurafshon shahrida aholi va tadbirkorlarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talablarini qondirish, energetika korxonalarining transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida 4 ta yangi Tranformator punktlari ajratildi.

Ayni damda Nurafshon shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Birlik", "Chig'iriq","Navro'z" mahallalarida o'rnatish ishlari olib borilmoqda.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi

Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
#Chellenj
#Juma_milliy_liboslar_kuni

Yurtimiz ayollariga milliy liboslar juda yarashadi.

Milliy libos shunchaki kiyim emas, u xalqning madaniyati va tarixi, urf-odatlari va turmush tarzidir. U milliylikning yorqin «ko‘rsatkichi» sifatida o‘tmishning madaniy va ma’naviy merosini saqlashga yordam beradi.

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab #milliyliboschellenji bo‘lib o‘tmoqda. Nurafshon shahrida ham ushbu chellenjni qo‘llab-quvvatlash targ‘ib qilish maqsadida Nurafshon shahri "Oqila ayollari" shahrimiz, mahallalarimiz ayol-qizlariga o‘rnak bo‘lishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari J.Inog‘omov hamda Toshkent viloyati mas’ullari Nurafshon shahri "Dehqonobod" "mahalla yettiligi" bilan suhbatlashib, faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida shaharda amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda jinoyatchilikni erta oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt