Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
43 files
9.74K links
Download Telegram
Nurafshon shahrining "Xurramlik" ko‘chasini 24 soat ishlaydigan savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari IIB boshlig‘i M.Sottiyev, DSI boshlig‘i J.Sayfiyevlar "Evalak" MFY Xurramlik ko‘chasi bo‘ylab joylashgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, ko‘cha bo‘ylab joylashgan xonadon egalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xurramlik ko‘chasining bir qismini savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirish hamda xonadon egalariga ipoteka krediti ajratish orqali 1-qavatini savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 2 va 3-qavatlarini turar joy sifatida qayta qurish taklif etilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yana bir murojaat o‘z yechimini topdi!

Nurafshon shahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga Nurafshon shahri “Xurriyat” MFY, Xurriyat ko‘chasi, 5-uyda yashovchi Najimova Dilafruz Xaitamovna 2024-yil 17-dekabr kunida qilgan murojaatida 2022-yil 5-oktabr oyida tug‘ilgan nabirasiga joriy yilning bugungi kuniga qadar tug‘ilganlikni qayd etish guvohnomasini ololmaganligi bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Nurafshon shahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Q.Shodmonov tomonidan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Nurafshon shahri “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tashabbusi bilan bolani huquqlari, qonuniy manfaaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uning kelajakdagi moddiy va ma’naviy ta’minotini inobatga olib, voyaga yetmagan Djamilov Mustafo Saloxiddin o‘g‘liga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt