Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.94K links
Download Telegram
Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💠Yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududlarda yoshlar uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

💠Xususan, Toshkent viloyati Nurafshon shahar 4-sektor rahbari Sayfiyev Jasur Ravshanovich boshchiligida “Oybek” mahallasida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar va muammolar yechimi yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari shahar markazida bo‘lib Yangi yil tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

Nurafshon shahrida Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xalqimiz kayfiyatini yanada chog‘ qilish maqsadida, shahar markazida baland archa qad rostlamoqda.

Yangi yil bayram tadbirlarni ko‘tarinki ruhda tinch va osuda, ortiqcha ko‘ngilsiz voqea va hodisalarsiz o‘tishi uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#jarayon

Shahar markazidagi savdo do‘konlarini tartibga keltirish hamda shahar arxitekturaviy ko‘rinishini buzuvchi ko‘chma bozor rastalari, reklama bannerlarini tartibga keltirish maqsadida shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev hamda shahar DSI boshlig‘i J.Sayfiyevlar markazda bo‘lishdi.

Ko‘cha savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar qat’iy ogohlantirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#jarayon

Shahardagi ko‘chma bozor rastalari hamda reklama bannerlar bartaraf etilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt