Nurafshon shahar hokimligi
1.86K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Nurafshon shahar FVB xodimlari tomonidan qator targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun 4-dekabr kuni “Nurafshon shahar hududida ko‘p qavatli turar joy binolarida   "Ramz Fayz Nurafshon" MCHJ va "Eastern Construction Group" MCHJ lari tomonidan qurilish ishlari olib borilayotgan quruvchi va ishchi xodimlar bilan tadbir tashkil etildi.

Nurafshon shahar FVB inspektorlari M.Absamatov, Z.Sharopov, G‘.Qobilovlar ishtirokidagi tadbirda  quruvchi ishchi  xodimlari o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoida va Shaharsozlik me’yor qoidalari talablari targ‘ib qilindi, gaz va elektrdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, nosoz holdagi elektr rozetkalari, qo‘lbola elektr isitish vositalarini ishlatmaslik, bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. bu kabi tadbirlar davom etmoqda

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Forwarded from IHMA Toshkent viloyati
🥹 Boshqarma boshlig‘i Nurafshon shahrida ochiq muloqot o‘tkazdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov Nurafshon shahrida 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdi.

☺️ Unda boshqarma xodimlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari hamda ijtimoiy xodimlar ishtirok etdi.

😮 Ochiq muloqotda puxta va aniq rejalar asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qolaversa, ijtimoiy himoyaga oid bir qancha takliflar muhokama qilindi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbirkorlik
#uchrashuv

Nurafshon shahar hokimligining majlislar zalida "O‘zmilliybank"AJ Nurafshon BXM boshqaruvchisi T.Nishonxo‘jayev aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shahar hokimli iqtisodiy kompleks vakillari, shahar moliya bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbari hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi fuqarolar va yoshlar ishtirok etdi.

Unda Aholini ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish ishlari amalga oshirilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aholi muammolari hal etish choralariga asosan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etilishi belgilab olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:

Русланбек Қуролтайевич Давлетов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;

Абдусалом Абдумавланович Азизов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчисининг ёшлар масалалари бўйича ўринбосари лавозимига тайинланди;

Сухроб Джўрақулович Юсупов Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий ривожланиш масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди;

Адхам Муратович Турдиев Ўзбекистон Республикаси Президентининг ижтимоий-сиёсий, диний-маърифий ва ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси шўъбаси мудири лавозимидан озод этилди;

Музаффар Муротович Камилов бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозимидан озод этилди;

Олим Адилович Салиев бошқа ишга ўтиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президентининг дин ва миллатлараро муносабатлар масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан озод этилди.

Facebook|Instagram|X