Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida viloyatimizda yangi lavozimda ish boshlagan rahbarlar tanishtirildi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi, yuqori turuvchi idoralar rahbarlarining tegishli qarori bilan:

Mirsultonov Miraziz Bahromovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Odilov Olim Homidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Ubaydullayev Umidjon Raimqulovich Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimiga;

Isroilov Farhod Obidxoʻjayevich “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi DUK boshligʻi lavozimiga;

Olim Sulaymonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi


“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

📁 Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.

📜 Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;

🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;

🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini to'lashning muddati yakunlanmoqda!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?
👉 Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?
___
#налог_на_имущество

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Telegram |Facebook | Instagram Web sayt
#targ'ibot
#FVB_Nurafshon

“ Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar profilaktikasi ” tadbirlari doirasida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 26-umumta’lim maktabi o'quvchi va o'quvchilari bilan kuz-kish mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash va shu kabi favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari davomida fuqarolarimizga elektr va gaz jihozlaridan me’yor talablari asosida foydalanish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari bo‘yicha tushuntirish berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 24-sentabr “Nurafshon shahar dehqon bozori”MCHJ rahbari - Zoxidov Begzod Erkin oʻgʻlining tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Zoxidov Begzod Erkin oʻgʻlini Nurafshon shahri hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Sharafli va masʼuliyatli mehnatlaringizda omad va shijoat Sizga hamroh bo'lsin.

💐Ishlaringizga omad, muvaffaqiyat va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Президент Шавкат Мирзиёев профессионал таълим ва миллий малака тизимларини ислоҳ қилишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию системы профессионального образования и национальной системы квалификаций.

#Mirziyoyev #taqdimot #professionaltalim #malakalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi


🏢 Qarorga muvofiq, Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi.

2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi.

🔍 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi.

🗓 2025-yil 1-apreldan:

🔹Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi;

🔹ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;

🔹YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.

👉 Manba

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️DIqqat yangilik!

"Ugam river" turistik majmuasidan apartamentlarni sotib oling!


Ayni paytda "E-auksion" elektron savdo platformasiga 51 ta apartamentlar savdoga chiqarilgan bo'lib, istalan shaxs savdolarda qatnasha oladi.

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354857
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354846
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11312973
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354814
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354817
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=11354815

Barcha lotlarni ko'rish

🛍To'lovlarni 6 oy muddatda bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Xumson mahallasida joylashgan tabiati bilan ajralib turuvchi majmua sizni kutmoqda.

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ayollar_daftari

"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar qo'llab quvvatlanmoqda.

✔️Nurafshon shahrida tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan  "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqaroga faoliyatini boshlash uchun  Nurafshon shahri hokim yordamchisi tavsiyasi va Nurafshon shahri markaz xulosasiga asosan subsidiya asosida zarur asbob uskunalar topshirilmoqda.

🧷Jumladan, "Ma’rifat" MFYda istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqaro S.Psetskayaga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan kasb hunarga o‘qitilib, hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi topshirildi.

"Ayollar daftari ga kiritilgan "Muqimiy" MFYda yashovchi  fuqaro S.Yusupovaga "Ayollar daftari" jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratilib, 71201 harbiy qism hamkorligida xonadoni ta’mirlab berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 25-sentabr Davlat kadastrlari palatasi  Nurafshon shahar filiali boshlig‘i - Shukurxonov Shuxrat Dilshod o‘g‘lining tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Shukurxonov Shuxrat Dilshod o‘g‘lini Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nurafshon shahrining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

💐Ishlaringizga omad, muvoffaqiyat va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt