Nurafshon shahar hokimligi
1.88K subscribers
34.4K photos
3.25K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Qarisi bor uyning parisi bor deydilar. Keksalar – uyimizning koʻrki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogoʻyimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajribayu maslahatlari bilan yoshlarimizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi yoʻlboshchidir.

Qurbon xayiti munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi oʻrinbosari N.A.Djumanova tomonidan qariyalar holidan xabar olindi.

Ehtiyojmand oilalarni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, oʻzgalar qaroviga muhtoj kishilarni yoʻqlash “Inson qadri uchun” ezgu tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Yoshlar_oyligi
#Nurafshon_shahar
#Shaxmat_shashka

Shaxmat hamda shashka o'yini yoshlarning xotirasini kuchaytirishda, fikrlashdagi parishonxotirlikni yo'qotishda muhim omil vazifasini bajaradi.

Shu sababdan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida yoshlar o'rtasida "shaxmat va shashka" sport turi bo'yicha Nurashon shahar "Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i kubogi" musobaqalari bo'lib o'tdi.


Musobaqa yakunida g'olib iahtirokchi yoshlar Nurafshon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari E.Alishov tomonidan sertifikat esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида “БМТ Туризм” (Бутунжаҳон туризм ташкилоти) бош котиби Зураб Пололикашвили билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел в городе Самарканде встречу с генеральным секретарем «ООН Туризм» (Всемирной туристской организации) Зурабом Пололикашвили.

#Mirziyoyev #qabul #BMTTurizm #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
#Bayram_tabrigi #Qurbon_hayiti

Nurafshon shahar hokimi Klichxanov Ilhom Mahmudjonovichning shahar aholisiga bayram tabrigi

Hurmatli Nurafshon shahrimiz aholisi, aziz yurtdoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni ezgulik va saxovat ramzi - muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adha bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur ehtirom va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ta'kidlash joizki, har bir mahalla, xonadonlardagi tinchlik va obodlik, aholimiz o'rtasidagi o'zaro hamjihatlik va bag'rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimizning o'rni beqiyos.

Mana shu ulug' kunda shahrimizda joylashgan 3 ta masjidda ham Qurbon hayiti namozlari o'qilib, yurtimizga tinchlik-farovonlik, rizq-nasiba va xotirjamlik so'rab duolar qilindi.

Aziz hamshaharlar, Sizlarni, butun xalqimizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin!

Nurafshon shahar hokimi
Klichxanov Ilhom Mahmudjonovich
#ob_havo

Bugun, 17 iyun
☁️ +36°...+25°, Bulutli

Hozir: ☀️ +25°, ↙️ 3.1 m/s

Tong: ☀️ +32°
Kun: ☁️ +36°
Oqshom: ☁️ +34°
Namlik: 17%
Shamol: Janubi-g'arbiy, 7.1 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.

Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 04:49
Quyosh botishi: 19:58

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt