Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
42 files
9.71K links
Download Telegram
#chellenj

🌳 Yoshlar "Obod mahallam" shiori ostida hasharda faol bo'lishdi.
🌱 Siz ham Yoshlar hashariga o'z hissangizni qo'shing.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting
.

📱Telegram | 📱Instagram
Forwarded from Мистер Норбил
#Jarayon
#online

Ayni damda Nurafshon shahar  hokimligi, hamda Madaniyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Yurtim munavvar oqshomlari" nomli konsеrt dasturi bo‘lib o‘tmoqda

Konsеrt dasturiga el ardog‘idagi san'at vakillari so‘z ustalari hamda shahar Madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan kuy qo'shiqlar ijro etilmoqda
.

Barchangizni kutib qolamiz!

Mazkur tadbirlarimiz har haftaning shanba va yakshanba kunlari o‘tkazilishi belgilangan.


https://t.iss.one/Nurafshon_shahar_madaniyat
#ob_havo

Bugun, 3 iyun
☁️ +31°...+21°, Bulutli

Hozir: ☀️ +21°, ↙️ 1 m/s

Tong: ☁️ +26°
Kun: ☁️ +31°
Oqshom: ☁️ +28°
Namlik: 20%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 6.4 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 04:51
Quyosh botishi: 19:50

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#2024_yil_1_iyundan

▶️ Qonunchilikka ko'ra, MSK-64 shkalasi bo'yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot obyektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

✔️ Shuningdek, yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III – IV toifa bo'lgan obyektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
1-iyundan boshlab, bogʻchalardagi toʻlov summasining yangi miqdori belgilandi

Qonunchilikka koʻra, 2024-yil 1-iyundan boshlab, Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun toʻlov miqdorlari belgilandi.

Unga koʻra, viloyat markazlaridagi bogʻchalarda bolalarning kunlik 4-5 soat boʻlgandagi toʻlov summasi 43 ming soʻm, 9 soatga esa 239 ming soʻm qilib belgilandi.

Toʻlovlar boʻyicha batafsil jadvalda tanishing.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatida savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.

🔷Davlat aktivlari 151 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 133 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 2395 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 297 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 460 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1860 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 3 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 41 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 105 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 343 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3452 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 15 ta (Ko'rish)
🔷Boshqa mulklar 254 ta (Ko'rish)

E-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

📹 Видео кўлланма

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Hokimlik_soati

Hokimlik soati: ijro intizomi va boshqa masalalar muhokamasi

Bugun shahar hokimi I.Klichxanov navbatdagi “Hokimlik soati” yigʻilishini oʻtkazdi. Unda qator masalalar ijrosi muhokama qilindi hamda masʼullarga yangi vazifalar belgilab berildi.

Xususan, ijro intizomi jismoniy va yurdik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan masʼullarga ushbu masala bilan jiddiy shugʻullanishi lozimligini taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek kun tartibida 2024-yil yozgi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash, yoshlar masalalari, soliq tushumlari hamda boshqa masalalar muhokama qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qabul_2024 #Infografika

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIDA OʻQISH ISTAGIDA BOʻLGAN NOMZODLAR UCHUN MUHIM MAʼLUMOTLAR INFOGRAFIKADA

Eslatma, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar onlayn shaklda, ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#VAKANSIYA

🥹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bo'sh ish o'rinlariga ochiq tanlov eʼlon qiladi:

Zangiota tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar 8-hudud 1-uchastka (M.M.Xorazmiy MFY, Qirguzar MFY, Ahilobod MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Qibray tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 10-hudud 2-uchastka (Guliston MFY, Obod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangiyo‘l tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 9-hudud 2-uchastkada (Do‘stlik, Umid, Ittifoq MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangiyo'l tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 11-hudud 1-uchastkada (Isloxat, Mingbuloq, Ibrat, Ozod (Navro‘z) MFY) kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Bo‘stonliq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud 1-uchastka (Qo‘shqo‘rg‘on MFY, Xo‘ja MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Bo‘stonliq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 9-hudud 1-uchastka (Barraj MFY, Iskandar MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Bo‘stonliq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 9-hudud 2-uchastka (S.Xondoyliqiy MFY, Ko‘kto‘nli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud 1-uchastka (Gʻofur Gʻulom MFY, Olmaliqovul MFY, Kamalak MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi xodim;

Oʻrta Chirchiq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud 2-uchastka (Beshboy MFY, Guliston MFY, Sholikor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Oʻrta Chirchiq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 1-hudud 2-uchastka (Rovatak MFY, Darxon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Zangiota tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 12-hudud 1-uchastka (Turopobod MFY, Alimbuva MFY, Shodlik MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Bo‘stonliq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 5-hudud 1-uchastka (Namuna MFY, S.Raximov MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Bo‘stonliq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi 11-hudud 2-uchastka (Bog‘iston MFY, Nanay MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Mahallalar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi — Qibray tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi;

Mahallalar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi — Yuqorichirchiq tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

🤝 Аgar Siz, jamiyatga hissa qoʼsha oladigan qobiliyatli, gʼayratli, ishchan va tashabbuskor nomzod boʼlsangiz, bizning safimizga qoʼshiling!


🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining
Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati


📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда туризм инфратузилмасини яхшилаш ва хорижий туристлар оқимини янада кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ва соҳада фаолият юритаётган тадбиркорлар билан мулоқот бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнутся видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего улучшения туристической инфраструктуры в регионах и наращиванию потока туристов, а также диалог с действующими в сфере предпринимателями.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризмни янада ривожлантириш бўйича устувор масалалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ва соҳадаги тадбиркорлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари ҳозирги мураккаб геосиёсий ва иқтисодий вазиятда туризм каби янги иш ўрни яратадиган, инвестиция ва экспортни кўпайтирадиган соҳаларни қўллаб-қувватлаш зарурлигини таъкидлади.

Мамлакатимиз туризм соҳасида ана шундай ишга солинмаган салоҳият борлиги, куни-кеча Ислом ҳамкорлик ташкилоти Туризм кенгашига раислик қилиш ваколати Ўзбекистонга ўтгани ҳам катта имконият экани кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан мутасаддилар ва ҳокимлар соҳадаги тадбиркорларни ўйлантираётган муаммоларни, фикр ва таклифларини ўрганиши, улар билан бамаслаҳат иш тутиши муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
Ўтган йил Самарқандда ўтган Глобал туризм инвестиция форумида 2,3 миллиард долларлик келишувларга эришилган эди. Лекин айрим лойиҳалар бўйича ишлар суст кетаётгани кўрсатиб ўтилди.

Масалан, Наманган, Андижон, Тошкент, Хоразм, Фарғона вилоятлари ва пойтахтдаги лойиҳаларга ҳалигача ер танланмаган. Сирдарё ва Жиззахда хорижий ҳамкорларга бирорта лойиҳа таклиф қилинмаган.

Шу билан бирга, ишлар тўғри ташкил этилган ҳудудларда натижа бор. Масалан, хорижий инвесторлар Шаҳрисабз тумани Ғелон ва Сарчашма қишлоқлари орасида 3 минг гектарлик тоғ-чанғи комплексини ташкил қилиш, Мираки қишлоғида туризм зонасини барпо этиш ишлари бошланди.

Иқлими, табиати Шаҳрисабзга ўхшаш бўлган Оҳангарон, Ургут, Янгиқўрғон, Поп, Чортоқ, Бахмал туманлари ҳокимларида бу борада бирорта ташаббус йўқлиги танқид қилинди.

Facebook|Instagram|X
Шаҳрисабз шаҳриИқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 2024 йилдаги туризм пойтахти деб эълон қилинган. Шу боис ҳукумат олдига Шаҳрисабзда туризмни ривожлантириш бўйича қатор вазифалар қўйилди.

Шаҳрисабз шаҳри ва Шаҳрисабз туманида Туризм кластери ташкил қилинади. Ҳисорак-Ғелон ва Ҳисорак-Сарчашма йўли икки тасмали қилиб таъмирланади.

Чироқчи-Шўрқудуқ автомобиль йўлининг 30 километри таъмирланиб, Самарқанддан Шаҳрисабзга қатнов вақти қисқаради. Натижада Шаҳрисабзга кўпроқ сайёҳни жалб қилиш имконияти яратилади.

Facebook|Instagram|X
Шаҳрисабзда туризм кластерини ташкил этиш доирасида 2025 йилда Ғелондан ўтувчи Оқсу дарёсида қуввати 24 мегаваттли 3 та ГЭСни ишга тушириш режалаштирилган.

Шунингдек, Шаҳрисабз туризм техникумида Швейцария дастури асосида йилига 100 нафар мутахассис тайёрланади.

Умуман, мутасаддилар ва вилоят ҳокимларига туризм салоҳияти юқори 20 та туманни танлаб олиб, Россия, Туркия, Хитойдан маслаҳатчиларни жалб қилган ҳолда ушбу туманлар мастер режасини ишлаб чиқиш ва ҳар бирига камида 50 миллион долларлик инвестиция жалб қилиш бўйича таклифлар ишлаб чиқиш топширилди.

Facebook|Instagram|X