Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.5K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
500 dan ortiq davlat mulki obyektlari narxi arzonlashtirildi

"E-auksion" elektron savdo platformasida davlatga tegishli aktivlar arzonlashtirildi. Arzonlashtirilgan narxlarda mulklarni sotib olish uchun e-auksion.uz portaliga tashrif buyurgan holda "Lotlar" menyusidan "Davlat aktivlari" bo'limini tanlaysiz. Hududlar, tuman va shaharlar kesimida izlash imkoniyati mavjud.

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

👧🏻👦🏻Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Bolajonlarning qordek oppoq beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Kelajagimiz ertasi bo'lmish ushbu murg'ak qalblarni doimo asrab avaylash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash barchamizning oldimizda turgan eng ezgu maqsad bo'lmog'i lozim.

Barcha bolalik davrida podshohlik qilayotgan kelajagimiz ertalarini bugungi bayram bilan muborakbod etamiz.

Eslatib o'tamiz, "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligi bo'yicha butunjahon konferensiyasida e'lon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1 iyun kuni nishonlanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1-iyun kuni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo'lsin

Bolalar hayoti sifatini oshirish va monand rivojlanish imkoniyati – har qanday davlat oldida turgan muhim vazifadir. Shu munosabat bilan ushbu kunda butun mamlakat boʻylab bolalar uchun koʻngilochar tadbirlar, oʻquv mahorat darslari va konsertlar tashkil etiladi.

Nurafshon shahar hokimligi bolalar va ularning ota-onalarini ushbu bayram bilan tabriklaydi hamda oilada muhabbat va samimiyat, xonadonda ravnaq hukm surishini tilab qoladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
MURG‘AK QALBLARGA MEHR ULASHILDI

1-iyun Xalqaro bolalar kuni Ushbu kun yurtimizda keng miqyosida nishonlandi. Aziz bolajonlarimiz bizning kelajagimiz ertangi kunimizdir.

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi bilan bir guruh mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Nurafshon shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, hamda shahardagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilari bolajonlarga shahar hokimligi tomonidan bayram dasturi tashkillashtirildi.

Bunda bolajonlar uchun turli xil ko’ngil ochar o’yinlar tayyorlanib, musiqiy chiqishlar bo’lib o’tdi. Bayram dasturxoni yozilib, bolajonlarga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Eslatib o'tamiz bu kabi tadbirlar shahrimizning barcha hududlarida tashkillashtirilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🌟Nurafshonda “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” tashkil etildi.

Nurafshon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2024-yil yozgi dam olish mavsumida rejaga koʻra 3 ta ( 9-, 26-, 57-) va qoʻshimcha ( 4-, 9-, 19-, 25-, 32-, 48-, 73-) maktablarda “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” tashkil etildi.

Sogʻlomlashtirish maydonchalarining ochilish marosimi koʻtaringki kayfiyatda oʻtdi.
Ushbu “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” ga shahardagi jami 300 nafar rejaga koʻra va 650 nafar qoʻshimcha oʻquvchilar qamrab olinishi belgilangan.
Mazkur joylarda sport, sanʼat, madaniyat, fan va IT texnologiyalarini oʻrgatish yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
"Sogʻlomlashtirish maydonchalari” da “Besh muhim tashabbus” doirasida oʻquvchi-yoshlar bilan amaliy va taʼlim tarbiyaviy toʻgarak va tadbirlar tashkil etiladi.

👉 Manba  Nurafshonziyo
👉Кириллда ўқиш

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt