Nurafshon shahar hokimligi
2.15K subscribers
36.6K photos
3.38K videos
47 files
10.8K links
Download Telegram
#tadbir

🌟Beg'ubor bolalik barchamizda bo'lgan shak-shubhasiz. Bolalarning xavfsizligi, ularning shod-u hurramligi, yuzlarida har lahza tabassum aks etishi biz kattalarning burchi hamda xizmati.

🌈 Nurafshon shahar 4, 12 va 18–DMTTlarda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari oʻtkazildi.

☑️ Tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼr hamda raqslar ko'tarinki ruhda namoyish etildi. Nurafshon shahar Yoshlar agentligi boʻlimidan I.Xolboyeva tadbirga tashrif buyurib sevimli bolajonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.

Nurafshon shahar Yoshlar agentligi — Axborot xizmati ✔️

✈️ Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
#Topshiriqlar_ijrosi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev viloyat maʼmuriy markazi hisoblangan Nurafshon shahri qiyofasini tubdan oʻzgartirish va qurilish ishlarini keng surʼatlarda davom ettirish yuzasidan tizimli ishlarni olib bormoqda.

Ayniqsa, Toshkent yoʻli koʻchasining Nurafshon shahridan oʻtuvchi qismida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shaxsan viloyat rahbarining qatʼiy nazoratida olib borilyapti.

Navbatdagi oʻrganishlari davomida aniqlangan kamchiliklar va shaharni zamonaviy koʻrinishga keltirish maqsadaida bir qator taklif va topshiriqlari sektor rahbarlari timonidan ijro uchun qabul qilinib, belgilab olingan chora-tadbirlar doirasida keng koʻlamda ishlar tashkillashtirilmoqda.

👉 Manba  Nurafshonziyo

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
500 dan ortiq davlat mulki obyektlari narxi arzonlashtirildi

"E-auksion" elektron savdo platformasida davlatga tegishli aktivlar arzonlashtirildi. Arzonlashtirilgan narxlarda mulklarni sotib olish uchun e-auksion.uz portaliga tashrif buyurgan holda "Lotlar" menyusidan "Davlat aktivlari" bo'limini tanlaysiz. Hududlar, tuman va shaharlar kesimida izlash imkoniyati mavjud.

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

👧🏻👦🏻Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Bolajonlarning qordek oppoq beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Kelajagimiz ertasi bo'lmish ushbu murg'ak qalblarni doimo asrab avaylash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash barchamizning oldimizda turgan eng ezgu maqsad bo'lmog'i lozim.

Barcha bolalik davrida podshohlik qilayotgan kelajagimiz ertalarini bugungi bayram bilan muborakbod etamiz.

Eslatib o'tamiz, "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligi bo'yicha butunjahon konferensiyasida e'lon qilingan. Shundan buyon, jahonning ko‘plab mamlakatlarida 1 iyun kuni nishonlanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt