Nurafshon shahri hokimligi
5.38K subscribers
39K photos
3.54K videos
51 files
11.4K links
Download Telegram
#sport
#DXX_kubogi

Nurafshon shahrida sportning futbol turidan "DXX kubogi” bahslari davom etmoqda

Xususan, bugun sportning katta futbol turi bo‘yicha 4 ta mahalla jamoalari final yo‘llanmasi uchun o‘yin olib borishdi.

Birinchi boʼlib maydonga “Qumariq” hamda “Evalak”juftliklari tushib, oʼyindagi 2:1 hisoblarga ko‘ra g‘alaba “Qumariq” jamoasi foydasiga hal boʼldi.

Shuningdek, “Oppoq” va “Nurafshon” mahallalarining uchrashuvida ham 2:1 hisobi qayd qilinib “Oppoq”jamoasining qo‘li ustun keldi.

Shu kunning o'zida shahardagi 3-o'rin uchun o'yin bo'lib o'tib, "Evalak" mahallasi 3:1 hisobda g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, DXX kubogi musobaqalarining mini futbol va katta futbol turi doirasida faqatgina final o‘yinlari qoldi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.


🔘 Yangiyo‘l shahri. Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari, Yangiyo‘l shahar hokimi va bank xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Tumanda "Bobo motors" korxonasi motorollerlari ishlab chiqarilmoqda.

🔘 Chinoz tumani. Tuman hokimi aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini oʻrganish hamda yordam berish maqsadida xalq qabulini o‘tkazdi.

🔘 Nurafshon shahri. Shaharda fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.

🔘 Bekobod tumani. Tuman hokimi o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar va “Mikrokreditbank” ATB mijozlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔘 Yangiyoʻl tumani. Tinchlik sanoat zonasida “Felda global” MChJ xorijiy korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

🔘 Chirchiq shahri. Shahar hokimi boshchiligida tadbirkorlar muammolari oʻrganildi.

🔘 Zangiota tumani. Tuman hokimi va hokim oʻrinbosarlari yangi tashkil etilayotgan logistik markazlar faoliyati bilan tanishdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#ob_havo

Bugun, 31 may
☀️ +32°...+17°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +17°, ↙️ 4.1 m/s

Tong: ☀️ +25°
Kun: ☀️ +31°
Oqshom: ☀️ +29°
Namlik: 17%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 4 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 04:52
Quyosh botishi: 19:48

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi


“Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o'zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

🔹oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

🔹oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

🔹oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

✔️Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

🔍 Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Президент Шавкат Мирзиёев Бухоро вилоятига жўнаб кетди. Ташриф Баҳоуддин Нақшбанд мақбарасини зиёрат қилишдан бошланади.

Президент Шавкат Мирзиёев отбыл в Бухарскую область. Поездка начнется с посещения мавзолея Бахоуддина Накшбанда.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#tug'ilgan_kun

Bugun tug‘ilgan kun


💐 31-may Nurafshon shahar hokim yordamchisi – Aliaxunov Doston Abubakir o'g'lining tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Aliaxunov Doston Abubakir o'g'lini Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐 Aliaxunov Doston tug'ilgan kuningizda sizga baxt, sog'liq va kuch-quvvat tilaymiz, shunda siz barcha qiyinchiliklarni engishingiz, rejalaringizni amalga oshirishingiz, oilangiz va do'stlaringiz uchun etarli bo'lishi mumkin.

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍5
#tadbir

Nurafshon shahar 22-DMTTda “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Baxtli bolalik”deb nomlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda 110 nafar tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilib, raqslar namoyish etildi. Nurafshon shahar MMT boʻlimidan M.Tashmatova tadbirga tashrif buyurib bolajonlarga esdalik sovg'alarni topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

Nurafshon shahridagi 5-sonli Maktabgacha ta'lim muassasida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilinib, unga mehmon sifatida shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov tashrif buyurdi.

Kuy-qo'shiqlar bilan ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan tadbirda shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov jajji bolajonlarga sovg'alar ulashib murg'akgina qalblariga shodlik zavqini ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
#bayram_tadbiri
#2_DMTM

Bayram tadbirlari Nurafshon shahridagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta'lim muassasida ham bo'lib o'tdi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari N.Djumanova shahardagi 2-sonli Davlat maktabgacha ta'lim muassasida bo'lib, bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga esdalik sovg'alarini ulashdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2