Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
32.3K photos
3.15K videos
42 files
9.7K links
Download Telegram
👍Paralimpiada musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi o‘tkazildi

An’anaviy o‘tkaziladigan "Besh tashabbus paralimpiadasi" musobaqasining "Para shashka", "Para shaxmat" va "Para stol tennisi", "Para yengil atletika" hamda "Para badminton" turlari bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Nurafshon shahrida tashkil etilgan ushbu musobaqada barcha mahallalarda istiqomad qiluvchi nogironligi bo‘lgan yoshlar faol ishtirok etdi. Yuqori o‘rinlarni olganlarga Respublika bosqichiga yo‘llanmalar berildi.

Ushbu musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan yoshlar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini tezlashtirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iboratdir.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining
Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati


📝 telegram            🎖 www.ihma.uz
#Prezident_maktablari
#Qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Sport

Gʻalaba muborak, Nurafshon!

Nurafshonlik oʻquvchi Osiyo chempioni boʻldi


Nurafshon shahridagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Hayot Joʻraboyev sportning UNIFIGʻHT turi boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi.

Fargʻon shahrida oʻtkazilgan chempionatda 90 kilogramm vazn toifasida ringga chiqdi va gʻolib boʻldi..

👉 Manba Nurafshonziyo

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bilasizmi #Navbat

🎠Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini qayerdan onlayn tarzda tekshirishni bilasizmi?

👶Farzandingizni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini:

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)dagi Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish xizmati orqali;

👉Shuningdek, Maktabgacha ta'lim agentligining search.mpe.uz sayti orqali onlayn tarzda tekshirishingiz mumkin.

Eslatma: Farzandingizning davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish uchun farzandingizni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun bergan arizangiz raqami yoki farzandingizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqami talab etiladi.

Manba

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
E-auksion.uz savdo platformasida 260 dan ortiq bo'lgan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 82 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 54 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 30 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 4 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Diqqat!
#bildirish

⚡️Toshkent viloyatida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Toshkent viloyati hududida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, avtomobil yoʻllarida harakat xavfizligini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining 2024-yil 17-may kunidagi tegishli farmoyishi asosida 20-may kunidan 20-iyun kuniga qadar “Harakat xavfsizligi oyligi” oʻtkaziladi.

Barcha harakat ishtirokchilarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев хорижий инвестицияларни жалб қилишда банкларнинг иштирокига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об участии банков в привлечении иностранных инвестиций.

#Mirziyoyev #taqdimot #bank #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlarga quyidagi subsidiyalar ajratilishi belgilangan:

🔹2025 yil 1 yanvargacha kasanachilik bilan shug'ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" yoki "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo'yicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun BHMning 30 baravarigacha (10 mln 200 ming so'm) miqdorda bir martalik;

🔹kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo'yicha BHMning 40 baravarigacha (13 mln 600 ming so'm) miqdorda;

🔹kasanachilarni kasb-hunarga o'qitishga sarflanadigan xarajatlarini 3 oygacha bo'lgan muddatda qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha (680 ming so'm) miqdorda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Xabaringiz bor Sport vazirligi tomonidan https://tashabbus.sport.uz platformasida ovoz berish yo‘li bilan mahallalarga sport maydonchasini qurish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-may kuniga Toshkent viloyatida ovoz berish reytingi.

‼️Ovozlar joriy yilning 1 iyunigacha https://tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.
Bugungi kunda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar hamda oʻzgarishlar har birimizga ertangi kunga ishonch va umid bagʻishlaydi.
Bu islohotlarning asosini xalqning hukumatga ishonchini oshirish, davlat boshqaruv va ijroya organlarining xalq manfaatlari yoʻlida xizmat qilishi kabi dolzarb tamoyillar tashkil etadi.

Oʻz navbatida, sektor rahbarlari tomonidan  “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shiori ostida fuqarolarning murojaatlari alohida eʼtiborga olinib, oʻz vakolatlari doirasida yechimini topmoqda.
Xususan, 2-sektor hududi “Qumariq” mahallasida shahar prokuraturasi va xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda 12 ta murojaatchidan 14 ta murojaat qayd etilib, 8 ta murojaat joyida bartaraf etildi. 2 tasi jarayonda va 4 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi

👉 Manba  Nurafshonziyo

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt