Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.8K photos
3.17K videos
44 files
9.83K links
Download Telegram
#DXX_kubogi
#Nurafshon_shahar

Futbol - millonlar o’yini.

Ayni damda shahrimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol, mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizligi xizmati” kubogi musobalari yoshlar o'rtasida qizg’in va ko’tarinki ruhda o’tkazilmoqda.

Shahrimizdagi “Nurafshon arena” sport majmuasida mahallalardagi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar Toshkent viloyati bosqichi yo'llanmasi uchun o'zaro murosasis berlashishmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Tayinlov

Kulbekova Nasiba Zakirovna
- Toshkent viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Kulbekova Nasiba Zakirovna - shu vaqtga qadar Nurafshon shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

💐Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan Kulbekova Nasiba Zakirovnani yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
❗️Bugun – 15-maydan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi

Arizani shu yilning 1-noyabrigacha my.gov.uz portali orqali yuborish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Prezident farmoniga muvofiq dastur doirasida subsidiyalar toʻlashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi:

subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida har yili 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi;

2024-yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi;

birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi Dasturdan boshlab qatʼiy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 1500 dan ortiq bo'lgan Tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 198 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 25 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 31 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 114 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 191 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 178 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 67 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 151 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 205 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 55 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 163 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 66 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Ayollar_daftari
#psixologik_trenning

Nurafshon shahridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar uchun psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Unda Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi mutaxasisi I.To'rayeva, Psixolog D.Nurillayeva, Nurafshon shahar IIB JXX XPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor L.Baxtiyarova hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda ayollar psixologiyasi hamda sog‘lom va mustahkam oilaning asoslari, xotin-qizlar o‘rtasida uchrayotgan turli noxush holatlarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Ruhiy tushkunlikka tushib qolgan ayollar bilan individual suhbatlar olib borilib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tibbiyot

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan 2024-yil 1-fevraldan 1-aprelgacha o'tkazilgan xatlov natijalarida aniqlangan hamda dispanser nazoratiga olingan bemorlarni reja asosida xonadonlariga borib sog’lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bemorlarga ambulator tavsiyalar,statsionar sharoitda yotib davolanadigan bemorlarga  yo'llanmalar berilmoqda.

Shuningdek sog’lom turmush tarzi va jismoniy faollik haqida tushuntirish targ’ibot ishlari olib  borilmoqda.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt