Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Yakuniy_natija

Toshkent viloyati hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Nurafshon shahridagi “Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashdi. Taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan jami 225 ta murojaat kelib tushdi. 50 dan ortiq murojaat yuzasidan joyida tushuntirish va huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, 16 nafar fuqaroga "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy yordam ajratiladigan boʻldi. 65 nafar fuqaroning murojaati deputatlar ishchi guruhi tomonidan oʻrganilishi boʻyicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, 90 ta murojaatda koʻtarilgan turli yoʻnalishlardagi masalalar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilishi uchun ijrochilarga yoʻnaltirildi. 14 nafar fuqaroning murojaati esa amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagani sababli, asoslantirilgan holda rad etildi.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Yashilmakon2024

Qabristonlar obodligi-xalqimiz ma'naviyati ko'zgusi.

Bugun Degantepa mahalla fuqarolari yig'ini hududidagi qabristonda, mahalla faollari ishtirokida xashar tashkil qilindi. Qabriston obodonlashtirilib "Yashil makon " umummilliy loyihasi doirasida terak, mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt