Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.6K photos
3.17K videos
43 files
9.79K links
Download Telegram
# TATU Nurafshon filiali
#Vatan manzumasi

"Vatan manzumasi" deb nomlangan adabiy- ijodiy davra suhbati.

Muhammad al- Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "VATAN MANZUMASI", deb nomlangan adabiy- ijodiy davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati bo'limi rahbari, O'zbekiston xalq shoiri, senator Maxmud Toir, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limi rahbari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi, R.Sheraliyev, direktorning birinchi o'rinbosari B.Boboyorov, Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i K. Pardaboyeva filialning professor- o'qituvchilari, talabalar ishtirok etdilar.

⚡️So'zga chiqqan shoirimiz Maxmud Toir milliy qadriyatlarga sodiqlik xissi, shijoat, jo'shqinlik, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarga, zamonaviy fan- ta'lim sohasiga alohida urg'u berib, o'z hayoti, ijod namunalaridan ham bahramand etdilar.
Yoshlar murabbiysi R.Sheraliyev ajoyib tinchlik va osoyishtalikda yashayotganligimiz, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlariga alohida to'xtalib o'tdilar.

📚Tadbir so'nggida xalq shoirimiz Maxmud Toir o'zlarining qalamiga mansub to'rt jildlik saylanma she'rlar to'plamini filial kutubxonasiga taqdim qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикасининг Шинжон-Уйғур автоном райони Халқ ҳукумати раиси Эркин Тунияз бошчилигидаги делегациясини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Китайской Народной Республики во главе с председателем Народного правительства Синьцзян-Уйгурского автономного района Эркином Туниязом.

#Mirziyoyev #qabul #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yoshlarga_Murojaat

Nurafshon shahar hokimi Ilhom Mahmudjonovich Klichxanovning yoshlarga murojaati


👉Batafsil


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
2024-yil 1-apreldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi asosiy o'zgarishlar

Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratishning yangi tartibi

Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi mavqeiga qarab ajratiladi va qo'llaniladi.


To'siqsiz mehmonxonalarga har bir xona uchun 1 milliondan 2 milliongacha subsidiyalar

Bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mehmonхonaning kamida uchta хonasi nogironligi boʻlgan shaхslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga har bir maхsus jihozlangan хona uchun 1 mln soʻmdan 2 mln soʻmgacha subsidiya beriladi.


Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar

Davlat хaridlari doirasida mahalliy elektr sanoati ishlab chiqaruvchilar chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda ishtirok etganda, ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narхidan quyidagi miqdorlarda narх preferensiyasi beriladi:
•15% – 3 yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda;
•2% – ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda;
• 8% – bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etganda.


Yirik soliq to'lovchilar uchun elektron hisob yuritish shakli joriy etiladi

Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.


Chiqindi xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo'lsa, ba’zi bitimlar notarial tasdiqlanmaydi.

Ko'chmas mulk va avtotransport bilan bog'liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat fuqarolarning qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va olib chiqish xizmatlari uchun qarzlari bo'lmagan taqdirda amalga oshiriladi.


Mulkni sotish shaffof bo'ladi

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari pullik xizmatlarni ham taqdim etadi

«Inson» ijtimoiy хizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tiziimdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik хizmat koʻrsatish tartibi joriy etiladi.


QQS boʻyicha bir
qator imtiyozlar bekor qilindi

Tibbiyot, veterinariya, kommunal хizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.


Moddiy yordam uchun onlayn ariza

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.


Shaharsozlik mutaxassislarini sertifikatlash

Sertifikatlashtirish tizimi har 3 yilda bir marta amalga oshiriladi:

• tuman (shahar) va viloyat arхitektorlari;
• qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.


Banklarning ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi

Shunday qilib, 2024 yil 1-apreldan boshlab bu miqdor 350 mlrd so'mni tashkil etadi.


Bola tug'ilganda nafaqa tayinlash tartibi o'zgartirilmoqda

Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

• birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
• ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.


Yangi madaniy loyihalar ishga tushirilmoqda

- «Madaniyat toʻlqinlari» media loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va gʻoyaviy yuksak eng yaхshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

- Ijtimoiy tarmoqlarda 500 mingdan ortiq obunachisi boʻlgan, aholi orasida mashhur boʻlgan shaхslar ishtirokida «Yulduz bilan sayohat» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda;

- «Koʻcha san’ati va musiqasi» loyihasi amalga oshiriladi.

Manba: Norma.uz
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳаси доирасида баҳорги экиш мавсумини ташкил қилиш ва чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам организации весеннего сезона посадки в рамках проекта "Яшил макон" и совершенствования управления отходами.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳаси доирасида баҳорги экиш мавсумини ташкил қилиш ҳамда чиқиндилар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Давлатимиз раҳбари вилоят ва туман ҳокимларининг қурилиш, коммунал ва экологияга жавобгар ўринбосарлари, вазирлик ва идоралар тизимидаги масъул раҳбарларнинг бу борадаги фаолияти кўриб чиқилгани, улардан 28 нафарига нисбатан интизомий жазо кўрилганини қайд этди.

Жумладан, Касби, Қарши, Тўрақўрғон туманлари ҳоким ўринбосарлари ишдан олинди, ушбу туманлар ҳокимлари, 6 та вилоят ҳокимининг ўринбосарлари ва бошқа раҳбарларга “ҳайфсан” берилди. Барча экология бошқармалари бошлиқларига синов муддати тайинланди.

Facebook|Instagram|X
Бу йил баҳорда “Яшил макон” лойиҳаси доирасида 125 миллион туп кўчат экиш белгиланган.

Лекин, аксарият вилоят ва туманларда дарахт экадиган жойлар ҳалигача белгиланмагани, суғориш ва кўчатга пул ажратилмагани танқид қилинди.

Масалан, боғ учун Қорақалпоғистонда 47 гектар, Наманганда 25 гектар ва Қашқадарёда 26 гектар ажратилиб, ишлар бошлаб юборилган. Лекин Андижон, Бухоро, Сурхондарё ва Тошкент вилоятлари ҳалигача қарор қабул қилмаган.

Айниқса, Тахиатош, Мирзачўл, Зафаробод, Шароф Рашидов, Сирдарё, Оқолтин, Ховос, Сардоба, Гулистон, Хонобод, Гулистон, Термиз, Янгийўл шаҳарлари, Тошкент шаҳрининг 12 та туманида кўчат экиш режаси 30 фоизга ҳам бажарилмаган.

Facebook|Instagram|X
Автомобиль ва темир йўл бўйлари, дарё ва канал ёқаларида, маҳаллада, кўчада, кўп қаватли массивларда дарахт ва гул экиш, озодаликни таъминлаш ишлари сустлиги кўрсатиб ўтилди.

Қурилиш ташкилотлари, цемент, ғишт, оҳак, нефть-газ ва кимё, бўёқ, чарм маҳсулотлари ишлаб чиқарувчилар, иссиқлик корхоналари, ёқилғи қуйиш шохобчалари ўз фаолияти билан атроф-муҳитга кўрсатаётган таъсирига яраша дарахт экиш бўйича ташаббус кўрсатмаётгани қайд этилди.

Умуман, дарахт экишни оммалаштириш, умуммиллий ҳаракатга айлантиришда тарғибот ва тушунтириш ишлари етарлича олиб борилмаётгани кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари “Яшил макон” доирасидаги устувор вазифаларни белгилаб берди.

Тошкент вилоятида дарахт экиш бўйича бошланган лойиҳага кўра, Нурафшон, Бекобод шаҳри, Ўртачирчиқ, Тошкент ва Оҳангарон туманлари ҳудудидан 34 гектар ер 30 йил муддатга ободонлаштириш бошқармаларига берилади. Ҳар 1 гектар учун маҳаллий бюджетдан 100 миллион сўм ажратилиб, томчилатиб суғориш тизими жорий қилинади. Ер тайёр ҳолга келтирилиб, дарахт экиш хоҳиши бор аҳолига ўзи истаган турдаги кўчатни экиши учун шароит яратилади.

Бу ташаббус маъқулланиб, ҳар бир вилоятда камида 20 гектардан ер ажратиб, ушбу тажрибани бошлаш топширилди. Вилоят марказлари, Тошкент ва Нукус шаҳарларидаги камида 2 тадан марказий кўчада маҳаллий иқлимга мос гул кўчатларини экиб, уларни тематик кўчага айлантириш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X
#Diqqat

NURAFSHON SHAHRIDAGI TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!

2024-YIL 30-MART KUNI SOAT 10:00 DA O'ZMILLIYBANK AJ TOSHKENT VILOYATI BOSH BOSHQARMASI BINOSIDA TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILADI.

  UCHRAUVDA SIZNI BANK OLDIDAGI MUOMMALAR VA TAKLIFLARINGIZ KO‘RIB CHIQILADI.

  MANZIL: NURAFSHON SHAHRI OBOD MFY TOSHKENT YO'LI KO'CHASI 10-UY


Batafsil ma'lumot +998934252422

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Баҳор мавсумида маҳаллаларда ва кўп қаватли уйлар атрофида, йўллар ва каналлар бўйидаги ерларга дарахт экиш чора-тадбирлари белгилаб олинди.

Пойтахтда амал қилаётган йирик қурилиш лойиҳаларида майдоннинг камида 30 фоизига дарахт экиш мажбурияти барча вилоятларда жорий қилиниши белгиланди.

Экология вазирлигига “Менинг боғим” лойиҳасини ишга тушириш топширилди. Бунга бюджетда назарда тутилган 50 миллиард сўм ажратилади. Жойларда 444 та яшил боғ ва 160 та жамоат паркларини ташкил қилишга кўрсатма берилди.

Facebook|Instagram|X
Йирик саноат корхоналарида, барча саноат зоналари атрофида яшил ҳудудлар ташкил қилиш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Чиқинди полигонлари атрофида терак, тут, гужум, заранг экиб, яшил белбоғ барпо қилиш, барча иссиқлик электр станциялари, гидроиншоотлар, сув омборлари атрофида ҳам кўчат экиш чора-тадбирлари белгилаб олинди.

Ижтимоий объектларга кўчатларни бепул етказиб бериш бўйича ўтган йили бошланган амалиёт бу йил ҳам давом эттирилади. Уларга 4 миллиондан зиёд кўчат бепул тарқатилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X