Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.9K photos
3.45K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
#Eʼlon

Ishga marhamat boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻladi

Nurafshon shahar hokimligi, prokuraturasi, IIB, DSI hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamkorligida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Mehnat yarmarkasida ishsiz aholi, xususan, ish izlovchi yoshlar, xotin-qizlar hamda probatsiya roʻyxatida turgan shaxslar ishtirok etib, shaharda mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olish hamda joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tadbir vaqti: 18-mart, soat 11:00.
Manzil: Birlik MFY Yoshlar markazi binosi


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#seminar

Kecha davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida seminar tashkil qilindi.

Ushbu seminarda Adminstratsiyadan biriktirilgan vakil, shahar hokimining birinchi o'rinbosari, shahar Kambag'alikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, Milliy bank, Hamkorbank, O'zSQB banklari,  shahar Iqtisodiy kompleks rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari va soliq inspektorlari ishtirok etishdi.

Seminarda Nurafshon shahri mahallalarida aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish bo'yicha Bank hamda Iqtisodiy komleks rahbarlariga mahallalar biriktirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#rasmiy

Tayinlov

Churatayev Saxadilla Ashirovich —
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining oltinchi chaqiriq to'qson uchinchi sessiyasida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

S. Churatayev
1952-yil Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanida tug'ilgan. 1975-yil Toshkent davlat politexnika institutini tamomlagan.

S. Churatayev Nurafshon shahar 13-saylov okrugi Obod MFY deputati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#TATU_Nurafshon
#profilaktik_tadbir

🤩 Talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish, taraqqiyotimizga tahdid solayotgan xavf-xatarlar, diniy aqidaparastlik, fundamentalizm, missionerlik, giyohvandlik, odam savdosi kabi ijtimoiy xavfli qilmishlarni, zararli oqibatlari va ularga qarshi kurashish immunitetini, ma’naviy raqobatbardoshligini kamol toptirish, shakllantirish maqsadida"Sergaklik va ogohlik davr talabi!" mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔈 Tadbirda Toshkent viloyati IIBB XPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sodiqova, Filial direktori 1-o‘rinbosari B.Boboyorov, "Im-pakt" nomli o‘zgarishga, o‘rganishga qiziqtirish markazi rahbari, ta’sischisi pedagog- psixolog Sh.Toshmatova, Filial Yoshlar masalalari va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i K.Pardaboyeva, Nurafshon shahar IIBB XPB profilaktika inspektori, katta leytenant S.Tursunaliyev, ustozlar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilib, ishtirokchilarda taraqqiyotimizga tahdid solayotgan xavf-xatarlar va ularga qarshi kurashish to‘g‘risida aniq tasavvurlar hamda yetarlicha ko‘nikmalar hosil bo‘ldi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook