Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.6K photos
3.2K videos
45 files
10K links
Download Telegram
#kuz_qishga mavsumiga tayyorgarlik

Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda ko‘p qavatli uylarni mavsumga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Nurafshon shahar 1-sektor hududidagi ko‘p qavatli uylar va xonadonlarning tom qismi, issiqlik holati, aholi uy-joylaridagi muammolarni mavsumga tayyorlash bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar va kommunal soha vakillari tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilib, mavsumni betalofat o‘tkazishlariga sharoitlar yaratish ishlari davom etmoqda.


Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#Yaxshidan_bog‘_qoladi

🍀Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Albatta bu boradagi chora-tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etishda “Yashil makon” milliy dasturi o‘zining samarasini bermoqda.

🌿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari Muhammadiyev Ulug‘bek Islomovich, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Qudratov Erkin Qulnazarovich, Nurafshon shahar hokimi Klichxanov Ilxom Maxmudjonovich bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarda ishtirok etdilar.

🌱Xususan, Nurafshon shahrida yangi barpo etilgan sayilgohda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#Bildirish

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va mehmonlari!

Joriy yilning 19-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun hamda "Bir Vatanga, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!" shiori ostidagi yugurish marafoni tadbirlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, 19-noyabr kuni soat 06:00 dan 12:00 ga qadar shahar markaziy chorrahasi Bobur ko'chasiga burilishdan (4R 22) "Nurafshon Business City" hududidagi Yangi O'zbekiston bog'i ko'chasi G 62 avtomobil yo'lining $R 20 avtomobil yo'li bilan kesishgan chorrahasiga qadar transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.

Nurafshon shahar IIB yoʻl harakati xavfsizligi bo'limi yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Haydovchilarga harakatlanishda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Endilikda Siz quyidagi raqamlar orqali mavjud murojaatlaringizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda +998 55 901 41 17;

📌Issiqlik manbai +998 55 901 41 27;

📌Elektr energiyasi +998 55 901 41 18;

📌Gaz taʼminoti +998 55 901 41 07;

📌Suv taʼminoti +998 70 202 51 24


yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Unutmangki, shtabga yoʻllangan har bir murojaat eʼtiborga olingan holda, masʼullar tomonidan yechimi topiladi!

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hamkorlik

ROSSIYALIK INVESTORLAR BILAN MUZOKARALAR O'TKAZILDI

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#ob_havo

⚡️Bugun Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ib, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 18-noyabr kuni Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
Mutolaa...

📎 Insonning bahosi bu dunyoda oʻzi olgani bilan emas, oʻzidan qolgani bilan belgilanadi.

✍🏻 O'tkir Hoshimov

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
DIQQAT EʼLON❗️❗️❗️
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

📣Nurafshon shahrida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish holati bo'yicha joriy yilning 18-noyabr kuni soat 19:00 da SHAHAR HOKIMI KLICHXANOV ILXOM MAXMUDJONOVICH va ma'sullar ishtirokida to'g'ridan-to'g'ri (online) muloqot o'tkaziladi.

Mahallangizdagi muammolar yuzasidan fikr mulohazalaringiz bo'yicha facebook va instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

☝️Murojaat uchun: https://www.facebook.com/profile.php?id=100010856208912&mibextid=ZbWKwL , https://www.instagram.com/ilhommahmudjanovich/

🗣Onlayn muloqot jarayonlari Nurafshon shaxar  hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali namoyish qilib boriladi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇

Facebook
Log in to Facebook
Log in to Facebook to start sharing and connecting with your friends, family and people you know.
🇺🇿Ўзбекистоннинг тарихий байроқлари

Бугун Ўзбекистон Республикаси давлат байроғининг қабул қилинганига 32 йил бўлди.

Шу вақтга қадар Ўзбекистонда 23 та байроқ расман қабул қилинганини биласизми?

🇺🇿БАТАФСИЛ🇺🇿


📍 Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
BILDIRISH❗️❗️❗️
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

📣Nurafshon shahrida 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish holati bo'yicha joriy yilning 18-noyabr kuni soat 19:00da SHAHAR HOKIMI KLICHXANOV ILXOM MAXMUDJONOVICH va ma'sullar ishtirokida to'g'ridan-to'g'ri (online) muloqotI 21-noyabr kuni soat 19:00ga qoldirildi.

Mahallangizdagi muammolar yuzasidan fikr mulohazalaringiz bo'yicha facebook va instagram ijtimoiy tarmoqlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

☝️Murojaat uchun: https://www.facebook.com/profile.php?id=100010856208912&mibextid=ZbWKwL , https://www.instagram.com/ilhommahmudjanovich/

🗣Onlayn muloqot jarayonlari Nurafshon shahar  hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali namoyish qilib boriladi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇

Facebook
Log in to Facebook
Log in to Facebook to start sharing and connecting with your friends, family and people you know.