Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
Kuni kecha Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi «Nurafshon arena» oʻyingohida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi, Toshkent viloyati Nurafshon shahar sport maktabi hamkorligida sportning Mini futbol va Kamondan oʻq otish turlari boʻyicha "Nurafshon shahar chempionati" musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Musobaqa uch bosqichda bo'lib, 400 ga yaqin ishtirokchilar g'oliblik uchun bellashdilar.

Musobaqada golib bo'lgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#Sport

VILOYATDA SPORT SOHASIGA E'TIBOR ORTIB BORMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, bu borada sportchilarga zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Ertalabki badantarbiya – sog‘liq garovi

Barcha insonlar sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, o‘z yoshligi, husni hamda ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakat sanaladi.

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Bularni anglagan xolda Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi sport maktabining 100 nafarga yaqin yosh sportchilari tomonidan ertalabgi badantarbiya mashqlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

👨‍💻 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimining yongʼin xavfsizligi oyligi doirasidagi BRIFINGI



Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#musobaqa

2023-yil 14-noyabr kuni Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlar o‘rtasida shaxmat sport turi bo'yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu sport tadbirida 110 nafar ishtirokchilar ishtirok etishdi.


Tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbir yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа
#Tadbirkorlik

TOSHKENT VILOYATIDA YANGI KORXONALAR SONI ORTMOQDA

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 6 121 tani tashkil qilib, ularda aholi bandligi taʼminlanmoqda.

Shu jumladan, hududlar kesimida:

Oqqo‘rg‘on tumani – 170 ta;
Ohangaron tumani – 221 ta;
Bekobod tumani – 300 ta;
Bo‘stonliq tumani – 258 ta;
Bo‘ka tumani – 235 ta;
Quyi Chirchiq tumani – 121 ta;
Zangiota tumani – 670 ta;
Yuqori Chirchiq tumani – 258 ta;
Qibray tumani – 459 ta;
Parkent tumani – 403 ta;
Piskent tumani – 142 ta;
O‘rta Chirchiq tumani – 286 ta;
Chinoz tumani – 135 ta;
Yangiyo‘l tumani – 226 ta;
Toshkent tumani – 418 ta;
Nurafshon shahri – 203 ta;
Olmaliq shahri – 252 ta;
Angren shahri – 297 ta;
Bekobod shahri – 215 ta;
Ohangaron shahri – 217 ta;
Chirchiq shahri – 411 ta;
Yangiyo‘l shahrida – 224 ta
korxona faoliyat yuritmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Tayinlov

Norboyev Ozodjon Sharofiddinovich "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O.Norboyev 1992-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi

VILOYATDA "KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH" OYLIGIGA START BERILDI

Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatimizda joriy yilning 14-noyabridan 14-dekabriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligiga start berildi.

Mazkur oyda jamiyatda poraxoʻrlikning oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni tahlil etish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan profilaktik va targʻibot tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, hududlarda "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida bu illatning oldini olishga qaratilgan seminar, tadbir, davra suhbatlari hamda ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazilishi belgilangan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Toshkent viloyatida sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholi, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyatda turli xildagi ommaviy sport oʻyinlari, "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi musobaqalar oʻtkazilib, sovrindorlarning mahallasiga davlat tomonidan 3 turdagi sport maydonchalari qurib berilmoqda. 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan.

Hozirda Toshkent viloyatida 65 ta zamonaviy anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari foydalanishga topshirilgan boʻlsa, yana 17 tasi qurilish jarayonida.

"Sevimli" telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

11.11.2023
Nurafshon, Olmaliq shaharlari
Ma'naviyat marafoni

Nurafshon shahar hokimligining Axborot xizmati

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.iss.one/Nurafshonpressа