Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimligi, "Yangiobod" mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishishlari uchun asos yaratish maqsadida, Nurafshon shahrida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun shahar hokimi I.Klichxanov boshchiligida, tegishli mas'ullar ishtirokida "Yangiobod" mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli xildagi masalalar bo'yicha murojaatlar tinglandi. Fuqarolar mahalladan moddiy yordam olish, subsidiyaga uy olish, salomatligini davolash, tadbirkorlik bilan shug'ullanish va shu kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Shahar hokimi muammolarni o'rganish hamda bartaraf etish uchun mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan muammo joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#yoshlar oyligi

Buxoro viloyatida bo'lib o'tgan Besh tashabbus olimpiadasida Nurafshonlik g'oliba xotin- qizlar munosib taqdirlandi

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
# eʼtibor

📍 Biz shunday yurtda yashaymizki xalqimizda har bir bolaga mehr va eʼtibor, ijtimoiy jihatdan yordam berish, hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy fazilatlar shakllangan.

Nurafshon shahar hokimining tashabbusi bilan “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan bolalarga ularning muammolarini hal etish, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish hamda rag‘batlantirish, kelajakda o‘z o‘rnini topishda biroz bo‘lsada hissa qo‘shish maqsadida shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻbasi tomonidan elektron pech (duxovka), noutbuk va printerlar topshirildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Sayyor qabul

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshligi M.M.Peltabayeva tomonidan “Bobur MFY” aholisi uchun sayyor qabul, tibbiy korik hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli xildagi tibbiyotga oid masalalar tinglandi va ayrim muammolar joyida bartaraf etildi.
🏥Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari tomonidan tibbiy ko’rikda 52 nafar fuqaro tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, ulardan 10 nafarida  yurak ishemik kasalligi, 8 nafarida  gipertoniya, 4 nafarida surunkali xolestestit, 5 nafarida kamqonlik aniqlanib, 2 nafariga uy shifoxonasi asosida davo muolajalari buyurildi.
🔹Shuningdek, aholining sog'lom turmush tarzini targ’ib etish va jismoniy faollik haqida ham tushuntirish, targ’ibot ishlari olib borildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
# Shukronalik

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i K.Pardaboyeva hamda viiloyat Kasaba uyushmasi xodimlari, shahrimizning "Chig'iriq" MFYda yashovchi, Ayollar daftarining 4- bosqichida turuvchi Venera Omarova holidan xabar oldilar. Venera Omarovaga "Ayollar daftari" jamg'armasidan 20 million so'm miqdorda tezkor tibbiy jarrohlik uchun mablag' ajratildi. 7 oy to'shakka mixlanib qolgan V.Omarovaning hozirgi kundagi holati yaxshilanib, asta yurishni ham boshladilar. Hayot sinovlarini boshidan kechirgan V.Omarova sog'liq eng asosiy boylik ekanligini aytib, hukumatimizga,  mutasaddi tashkilotlarga hayajon bilan chuqur minnaddorchiligini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website