Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Bosh sahifa | Бош саҳифа

“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasida diametri Ø160 mm li polietilen suv quvuri taʼmirlandi (Foto+video)
________________

“Toshkent suv taʼminoti”: Нурафшон шаҳар Тошкент йўли кўчасида диаметри Ø160 мм ли полиэтилен сув қувури таъмирланди (Фото+видео) 

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
# munosabat
🏡 Oila- muqaddas dargoh

Nurafshon shahar Qumariq MFYda yashovchi Turdaliyev Ergashali xonadonida o'g'li Ergashaliyev Sardor va kelini Ergashaliyeva Gulsanam o'rtasida, bir- biri bilan aytishuv natijasida janjal kelib chiqqan. Natijada S.Ergashaliyev turmush o'rtog'ining haqoratli gaplari uchun uni urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan,  Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari,  Oila- va xotin-qizlar bo'limi boshlig' K.Pardaboyeva, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat hududiy bo'limi xodimasi O'.Maxkamova, shahar IIB xotin- qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori L.Baxtiyarova, mahalla xodimlari, Xoji ota, Xoji onalar bilan oilani yarashtirish maqsadida xonadoniga borib, uy egalari bilan suhbatlashildi. Suhbat davomida S.Ergashaliyev turmush o'rtog'ining muomalasi qo'polligini, ota-onasi va aka-opalarini hurmat qilmasligini, o'zini haqorat qilganligi uchun jahl ustida urib yuborganligini aytib tan oldi.
Ushbu oilaga, oila muqaddasligini, bir- birini tushunib yashash kerakligini, oilaning barcha a'zolarini hurmat qilib, farzandlar taqdiriga birday mas'uliyat bilan yondashib, murosa bilan o'zaro mehr-oqibat bilan umrguzaronlik qilish kerakligini, G. Ergashaliyevaga kelinlik ilmi, qanona-qaynotaga o'zaro hurmat, oilaviy qadriyatlar to'g'risida tushunchalar berilib, kelgusida bunday holat takrorlanmasligi aytib o'tildi.
G.Ergashaliyeva qilgan xatolarini tan olib, oila a'zolaridan kechirim so'radi va oila yarashtirildi.
Ushbu oilaga bir umrlik, tinch va totuv, farovon hayot tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website