Nurafshon shahar hokimligi
1.83K subscribers
32.4K photos
3.16K videos
43 files
9.74K links
Download Telegram
☎️ Барча билиши зарур бўлган телефон рақамлари – рўйхат

🔹1101 – ФВВ (ишонч телефони)
🔹1102 – ИИБ (ишонч телефони)
🔹102 – Навбатчилик қисми
🔹103 – Тез тиббий ёрдам хизмати
🔹1104 – Газ хизмати
🔹1050 – ФВВ (қутқарув хизмати)
🔹55 503-21-20 – Ўзгидромет ишонч телефони
🔹1001 – Об-ҳавони билиш учун алоқа хизмати.
🔹1004 – Аниқ вақтни билиш учун алоқа хизмати.
🔹1054 – «Сувсоз» ДУК авария хизмати.
🔹1069/(78)140-19-19 – дорихона ва дори-дармонларни топиш учун алоқа хизмати.
🔹1009 – «Ўзбектелеком», барча ташкилотлар манзили, телефон рақами, томошалар намойиши, кўргазмалар иш жадвали, халқаро ва шаҳарлараро телефон кодлари, шаҳарлар индекслари ва бошқа маълумотларни тақдим этувчи алоқа хизмати.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI SOG‘LOM ONA SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube |
⚡️Собиқ энергетика вазири Президент маслаҳатчиси бўлди

Алишер Султонов Президентнинг нефт, газ, кимё ва энергетика масалалари бўйича маслаҳатчиси этиб тайинланди.

У 2022 йил апрель ойида соғлиги туфайли энергетика вазири лавозимидан кетган эди.


Каналига уланиш:⤵️
https://t.iss.one/rost_24uz
Forwarded from Segment.uz
❗️Давлат органлари раҳбарлари рақамли технологиялар бўйича қисқа муддатли курсларда ўқитилади

Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг ахборот-коммуникация технологияларини ривожлантириш учун масъул ходимлари малакасини ошириш ва рейтинг баҳолашни ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ҳукумат қарори (208–сон, 20.05.2023 й.) қабул қилинди

Қарорга мувофиқ, 2023 йил 1 июлдан давлат органларининг АКТ соҳасига маъсул ходимлари 3 йилда бир марта малакасини оширади.

Малака ошириш курси 24 соатдан кам бўлмаслиги лозим, курсни таъмомлаган ходимлар икки ойда рейтинг баҳолашдан ўтказилади.

Малака ошириш билан боғлиқ барча харажатлар уларни юборган давлат органларининг маблағлари ҳисобидан қопланади.

▪️2023 йил 1 августдан давлат органларининг биринчи раҳбарлари рақамли технологияларни кенг жорий этиш ва лойиҳаларни самарали амалга ошириш бўйича Давлат бошқаруви академиясида қисқа муддатли курсларда ўқитилади.

Telegram | Instagram | Facebook
#bildirish

“Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi Sizga shuni ma’lum qiladiki Nurafshon shahar Birlik MFY ko'chasida gaz ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Birlik MFYning Birlik, Orzu, Chilonzor va Navro'z ko'chasi aholi va ulgurji iste'molchilarida 2023-yil 23-may soat 09-00 dan 17-00 ga qadar gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan aholi xonadonlari soni 535 tani, ulgurji iste’molchilari 5 tani tashkil qiladi.

☎️Murojaat uchun telefonlar:(99) 044-81-04 “Nurafshonshahargaz” bo‘limi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar hokimi maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi.

📗Shahar hokimi I.Klichxanov 48-umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining jadal amalga oshirilayotganligi, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil suhbatlashildi. Ayniqsa, yoshlarni jamiyatning turli sohalarida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishi, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi hamda qiziqqan kasb-hunarlarini mukammal egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi alohida ta’kidlandi.
📌Shahar hokimi I.Klichxanov maktab bitiruvchilarining qiziqtirgan savollariga javob berib, ular bilan jonli tarzda mazmunli muloqot olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Joriy yilning 22-may kuni shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʼba mudiri A.Jonqobilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari О.Zakirov, shahar IIB inspektor psixologi katta leytenant Sh.Madaliev va Toshkent viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi V. Madmarovlar hamkorligida “Har bir bola davlat himoyasida” mavzusida shahardagi 26-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbir tashkil etildi.

♻️ O‘tkazilgan tadbirdan maqsad o‘quvchilarga tinchlik oliy ne’matligi, g‘ayri-ijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilinishini oldini olish, jinoyat va uning salbiy oqibatlari mavzusida o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Har bir murojaat e'tibor markazida!

Shahar hokimining birinchi o'rinbosari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi

Inson manfaatlarini ta`minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat xizmatchilarining xalq bilan muloqotga kirishishlari uchun asos yaratish maqsadida, Nurafshon shahrida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.

Bugun shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov boshchiligida fuqarolar uchun sayyor qabul bo’lib o’tdi.

Qabul davomida 30 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar salomatligini davolatish, mahalladan moddiy yordam, subsidiyaga uy olish, yer olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda shu kabi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Hokim o'rinbosari mavjud muammolarni o'rganish hamda bartaraf etish uchun mas'ullarga ko‘rsatmalar berdi. Ayrim murojaatlar yuzasidan muammo joyiga chiqib o‘rganishlar olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website