Nurafshon shahar hokimligi
1.85K subscribers
33.2K photos
3.18K videos
44 files
9.94K links
Download Telegram
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

"Jaholatga qarshi maʼrifat" shiori ostida bugun 48 -sonli umumtaʼlim maktabida targʻibot tadbir oʻtkazildi.

Targʻibot tadbirida Qodir Rasulov shahar Din ishlari boʻyicha qoʻmita bosh mutaxassisi, mavzu yuzasidan tayyorlangan slayd orqali yoshlarga diniy ekstremizm terrorizm oqibatlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlar keltirib oʻtdi.

Muxammadali domla Abdurashidov bugun kunda din bilan ilmni mukammal egallamoqlik zaruriyati hamda ilmsizlik oqibatlari haqida soʻz oldi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasidan Shuxrat Radjapov "Hayot oliy neʼmat" muzasida yoshlarga hayot qadriga yetish kabi tuygʻular haqida gapirib oʻtdi.

Tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga mavzuga oid tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbirga jami 96 nafar yoshlar qamrab qamrab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Iftorlik

Bugun Nurafshon shahrining "Oybek" MFYda joylashgan Saodat ona Sulaymonovaning xonadonlarida iftorlik dasturxoni yozilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari mehmon sifatida taklif qilindi. Iftorlikda shahrimiz hokimi M. Saliyev, shahar hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari N. Kulbekova, mahalla oqsoqollari, nuroniy onaxonlarimiz, xotin-qizlar faollari qatnashishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Tezkor #Bildirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Smart city”ga olib boruvchi ichki yo‘lni qurish hamda shahar hokimi M.Saliyevning tegishli farmoyishiga asosan, 4R 20 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining Nurafshon shahridan o‘tgan 5 kmda yangi 2 ta 35 metr D-820 mm lik oqova suv quvuri o‘rnatish maqsadida joriy yilning 29 mart kuni soat 22:00 dan 30 mart kuni soat 06:00 gacha avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanishi haqida ogohlantiramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Furqat Qurbonov:Men Vatanim kelajagiga befarq emasman, Siz ham befarq bo‘lmang!”.

@menbefarqemasman
#Jarayon

"Maʼrifat" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan referendum oldi targʻibot ishlari olib borildi. Targʻibotda Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va oʻzgarishlar, mazkur qonun loyihasi asosida shu yilning 30-aprel sanasida oʻtkazilishi kutilayotgan referendum toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan joriy yilning 30-aprel kunidagi oʻtkazilishi moʻljallangan Referendum sayloviga Toshkent viloyati Tez tibbiy yordam filiali hodimlarini va jamoatchilikni keng jalb etish maqsadida, Nurafshon shahrining “Arena” amfiteatirida keng jamoatchilik yigʻilishi oʻtkazilib, tashkilot hodimlari va ularning yaqinlarini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlayotgan islohatlarga befarq boʻlmagan holda oʻz fuqarolik pozitsiyasini bildirib davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimiz irodasi va hohishini aks ettiruvchi muhim qomus qabul qilinishiga keng jalb etish ishlari amalga oshirildi. Targʻibot ishlarini Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D.I.Axmedova, Nurafshon shahar deputatlar kotibiyati mudiri E.Ernazarov, RTTYOM Toshkent viloyati filiali direktori D.G.Buribayeva, RTTYOM Toshkent viloyati filiali direktor oʻrinbosarlari A.O.Kurbanov, X.I.Kurbanov, O.K.Tugalov, R.MS.Gaffarovlar olib bordilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website