Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.7K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
#Nurafshon
#davra_suhbati
#xotin_qizlar

Bugun shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida Nurafshon shahrida istiqomat qilayotgan ayollar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Nurafshon shahar hokimining o‘rinbosari Kamola Pardaboyeva, Kasaba uyushmalari Toshkent  viloyat kengashi bosh mutaxassisi Shaxnoza Ahmedova, MFYlardagi xotin-qizlar faollari, oqila ayollar vakillari, sektor kotiblari, raislar ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e'tibor hamda "Ayollar daftari"ning 4-bosqichida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, ehtiyojmand, qiynalgan xotin-qizlarga yordam qo‘lini cho‘zish milliy qadriyatlarimizning yuksak namunasi ekanligi, bu borada esa har birimiz shaxsiy o‘rnak bo‘lishimiz kerakligi ta'kidlandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#bugun

Hurmatli hamshaharlar!!!

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 6-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga ko'ra, bugun havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Tuman tushadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 8-10° iliq boʻladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

📢 Hurmatli shahrimiz fuqarolari, havo harorati pasayishi va sovuq havo oqimi kelayotganligini inobatga olib Sizlardan xonadoningizga oʼrnatilgan isitish jihozlarini qayta nazoratdan oʼtkazishingizni soʼraymiz.

🔷 Birinchi navbatda isitish jihozini texnik sozligini nazoratdan oʼtkazing. Nosozlik sezsangiz darhol bizga murojaat qiling!

🔷 Tutun yoʼllari va ventilyatsiya tizimlarini normal holatda ishlashiga va tortuvchi kuch borligiga eʼtibor qarating!

🔷 Gaz plitadan uyni isitish maqsadida foydalanmang. Bu xavfli!

🔷 Gazdan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qiling.

🔷 Bu oʼzingiz va oila a'zolaringiz salomatligi kafolati ekanligini yoddan chiqarmang!

☎️ Gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, qisqa 104 yoki 99 004-81-04 raqami orqali mutaxassisni chaqiring.

✍️ "Nurafshonshahargaz" taʼminoti bo'limi

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#bilasizmi

🔰 I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

☑️ Shuningdek, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.

🔷 Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

✍️ Hurmatli fuqarolar! Agar Sizda ushbu masalaga oid qo‘shimcha savol va takliflar bo‘lsa, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Nurafshon shahar bo‘limining 70-76-25-997 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#diqqat

SSV sotuvi toʼxtatilgan preparatlar roʼyxatini eʼlon qildi

Chuqurlashtirilgan sifat nazorati natijalariga koʼra, «Dok-1 Maks» hamda «Аmbronol» dori vositalarining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʼrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi maʼlum boʼldi.

Shuningdek, Sogʼliqni saqlash vazirligi «Quramax Medical» tomonidan 2022 yil Oʼzbekistonga olib kirilgan barcha preparatlar sotuvini toʼxtatdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#tibbiyot_birlashma
#tushuntirish_ishlari

📝 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla patronaj hamshiralari tomonidan MFYlarda ta'qiqlangan dori-vositalarini qabul qilmaslik, har bir dorilarni albatta shifokorlar tavsiyasi bilan iste'mol qilish yuzasidan targ'ibot ishlari amalga oshirilmqda.

🔶 Tushuntirish ishlari shahrimizdagi barcha mahallalarda tizimli ravishda davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#sektorlar_shtablari
#xotin_qizlar_tizimi

Nurafshon shahrida joylashgan 4 ta sektorning barchasida "Ayollar daftari" 4-bosqich shtablari tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mas'ullar tomonidan u yerda samarali ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ishchi guruhi a'zolari bilan hamkorlikda mahallalarda xatlov jarayonlari qizg'in pallada davom etmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube