Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Нурафшон
#Ёшлик_МФЙ

🏠 Первый дом с практически нулевым энергопотреблением

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rakurs

Prezident: "Eng katta vazifa - ongimiz o‘zgaryapti, boshqacha yashashga harakat qilyapmiz. "

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 21-27 noyabr kunlaridagi qisqa xabarlar solnomasi:

1⃣ Nurafshon shahar "Tong madaniyat markazi"da  "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining Toshkent viloyati hududiy filiali va Shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hodimlari bilan hamkorlikda aholi orasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

2⃣ Nurafshon shahar "Uchqun"MFYda DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari mahalladagi muammoli oilalar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

3⃣ Nurafshon shahridagi "Do‘stlik" uyida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

4⃣ Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Muzaffar Saliyev "Ma'rifat" MFYda mahalla fuqarolari uchun qabul o‘tkazdi.

5⃣ Shahar hokimi tomonidan "Oppoq" MFYda mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

6⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan "Ma'rifat" va "Oppoq" MYF fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

7⃣ Nurafshon shahrida besh tashabbus olimpiadasida Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan yoshlarga sport formalari topshirildi.

8⃣ Nurafshon shahridagi MFYlarda "COVID-19 infeksiyasiga qarshi aholini emlashga jalb etish" mavzusida davra suhbatlari olib borildi.

9⃣ Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashi deputati, "Yoshlar siyosati va xotin- qizlar gender tengligi bo'yicha" doimiy komissiya raisi Suleymanova Saodat Usmanovna tomonidan K. Pardabayeva boshchiligidagi  Nurafshon shahar Oila va xotin- qizlar bo'limi faoliyati uch kun davomida tizimli o'rganib chiqildi.

🔟 Nurafshon shahar IIB Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i mayor I.Umarov tashabbusi bilan 3-sektor hududidagi "Oppoq" MFY Toshkent yo'li ko'chasidagi sement betonlar olib tashlandi.

1⃣1⃣ Nurafshon shahrida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha elektr resurslari isteʼmoli holatlari o‘rganildi.

1⃣2⃣ Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Pardabayeva Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan "Mahalla va xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish metodikasi" mavzusidagi oʻquv seminarida ishtirok etdi.

1⃣3⃣ Nurafshon shahridagi zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot klasteri xorij andozalari asosida tashkil etiladi.

1⃣4⃣ Nurafshon shahar "Dehqonobod" MFYda Shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli koʼp tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari bilan hamkorlikda aholiga xayriya tadbiri va tibbiy koʼrik o'tkazildi.

1⃣5⃣ Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat markazida Shahar hokimi boshchiligida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida shahardagi maktab va bog'chalardagi ahvol, isitish tizimlari holatlari muhokama qilindi.

1⃣6⃣ Nurafshon shahar "Yangi obod" MFY 48-maktab yoʼlidagi holat yuzasidan murojaatga shahar hokimligi axborot xizmatining munosabati e'lon qilindi

1⃣7⃣ Nurafshon shahar 2-sektorda Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarov va Shahar prokurori F.Mirzaev boshchiligida Hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

1⃣8⃣ Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va Viloyat Reablitatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda ayollar o‘rtasida sport musoboqalari o‘tkazildi.

1⃣9⃣ "Mash'al" ijtimoiy siyosiy gazetasi uchun 2023 yilga obuna mavsumi davom etmoqda.

2⃣0⃣ Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shahrimizdagi 57-maktabda sayyor qabul o‘tkazildi. Uni shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Qahramon Alkarov olib bordi.

2⃣1⃣ Tatariston Respublikasining dunyoga mashhur "Уютный дом" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya shahrimizda mehmon bo‘lishdi. Endilikda ular bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati
#bildirish

Toshkent viloyatida “Mehr-muruvvat oyligi” eʼlon qilindi

Toshkent viloyatida “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan 2022-yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mehr-muruvvat oyligi oʻtkaziladi.

Shu maqsadda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi imzolandi.

Unga koʻra, hududlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, joriy yilning 1-dekabridan 10-dekabriga qadar “Hayr saxovat dekadasi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#Dehqonobod
#tibbiy_ko‘rik

🏥 Bugun, Nurafshon shahar "Dehqonobod" MFYda fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tadbirda terapevt, laborator diagnostika xizmatlaridan foydalanildi.

🩸 Aholidan umumiy qon tahlili, qonda qand miqdori, vazn, bo‘y va bel aylanalari o‘lchanib tekshirildi.

💊Tibbiy ko‘rikka kelgan barcha bemorlarga bepul dori darmon vositalari tarqatildi.                                       

📝 Shuningdek, "Stressga qarshi kurash" mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Ҳурматли ҳамшаҳарлар!!!

Ўзбекистонда қор, ёмғир, кескин совуқ бўлиши айтилмоқда

«Ўзгидромет» мамлакатимиз бўйича 30 ноябрдан 3 декабргача об-ҳаво қандай кечиши мумкинлигини эълон қилди.

Республикамизда ҳаво ўзгариб туради, 30 ноябрь — 2 декабрда вақти-вақти билан ёғингарчилик (ёмғир, қор) бўлади, 30 ноябрь — 1 декабрда баъзи жойларда кучли бўлиши мумкин.

3 декабрда ёғингарчилик кутилмайди. Баъзи жойларга туман тушади.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#ma'naviy_ma'rifiy
#suhbat

Bugun Nurafshon shahar 4-umumtaʼlim maktabida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

"Biz-yot gʼoyalarga qarshimiz" shiori mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy suhbatda Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo‘limi rahbari, Shahar bosh imom xatibi, Shahar IIB mas'ul xodimi ishtirok etdi.

Shahrimizdagi "Muqumiy", "Obod turmush", "Oybek", "Evalak" MFY fuqarolari va ota-onalarga so‘nggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, islohotlar haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, "Din niqobi ostida g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan yot kuchlar", "Ommaviy madaniyat" unsurlaridan himoyalanish, milliy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida mas'ullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_HARBIY VATANPARVARLIK O‘QUV SEMINARI BO‘LIB O‘TDI_28.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshon_tv_kanali
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_NEMIS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN MOBIL ANJUMAN_28.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshon_tv_kanali
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHON SHAHRI_XALQARO PSIXOLOGLAR KUNI_28.11.2022

obuna bo'ling:👇👇👇
https://t.iss.one/nurafshon_tv_kanali
Hurmatli hamshaharlar!!!

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi.

Respublikaning qolgan hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa yog`ingarchilik kutilmaydi.
#Nurafshon
#keksalar
#madaniy_hordiq

Kuni kecha viloyat Nuroniylar jamg‘armasi hamda Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "Keksalar turizmi oyligi" doirasida Nurafshon shahrining nuroniy otaxon va onaxonlari uchun Toshkent shahridagi Muqimiy teatriga sayohat uyushtirildi.

Mehmonlarga taniqli teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan "Jaydari kelin" spektakli namoyish qilindi.

Madaniy hordiqdan zavqlangan keksalarimiz shunday dorulzamon hayotda, inson qadri baland yurtda yashayotganliklaridan faxrlanishib, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lishini tilab qo'llarini duolarga ochishdi
. Tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube