#aziz_murabbiy
Ustoz otangdek ulug‘
Nurafshon shahridagi 9-sonli maktabida “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan bayramona tadbirida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining bir guruh xodimlari qatnashdi.
🔺 Bayram davomida yoshlarni bojxona sohasiga qiziqishini oshirish, ularning intellektual, ijodiy salohiyatini shakllantirish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yosh bojxonachi” ramziy nishoni bilan mazkur maktab bir guruh o‘quvchilari taqdirlandi.
🔺 Tadbirdan so‘ng, maktabda tashkil qilingan “Yosh bojxonachi” to‘garagi aʼzolari bilan bojxona xodimlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔺“Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan “Bojxona xizmatining shakllanishi va rivojlanishi” mavzusida tushunchalar berildi.
@Nurafshonpressa

#qonunchilikdagi_yangiliklar
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–792-son, 29.09.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
🔰 Qonunga ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
📝 Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.
🔘 Elektron tijoratda sotuvchilar quyidagilardan iborat:
🔹Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) chakana va (yoki) ulgurji sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
🔹Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
💰Sohada to‘lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
▫️Naqd pul mablag‘lari bilan – naqd pul mablag‘lari to‘lov vositasi tarzida virtual terminallar (E-POS) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovar to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali;
▫️Pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish orqali – pul mablag‘larini bank hisobvarag‘idan o‘tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet orqali yoki to‘lov tashkilotining tizimi orqali o‘tkazish;
▫️Elektron pullardan foydalangan holda – elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag‘larini o‘tkazish vositasida.
❕Savdo maydonchalarining operatorlari, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar va tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘z axborot tizimlariga yoki bank hisobraqamlariga “eskrou” xizmatini joriy etishi mumkin.
✅ Tovarlar uchun xaridor tomonidan to‘lovni amalga oshirish chog‘ida “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi to‘langan pul mablag‘larini xaridor tovarlar olinganligining tasdig‘i olinguniga qadar saqlash huquqiga ega. Agar tovar yetkazib berilmasa yoki tavsifga mos kelmasa, “eksrou” xizmatini ko‘rsatuvchi pul mablag‘larini xaridorga qaytaradi yoki, agar tovar xoridor tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, pul mablag‘lari sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
🗓 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish
NURAFSHONDA BAYRAM BOSHLANMOQDA
Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan soat 18:00 da Nurafshon shahridagi yangi amfiteatrda tantanali marosim boʻlib oʻtadi. Viloyat hokimligi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur bayramga bir guruh ustoz va murabbiylar – turli mehnat jamoalaridan vakillar chaqirilgan.
Toshkent viloyati hokimligining internetdagi rasmiy sahifalarida dastur toʻliq onlayn efirga uzatiladi.
🌐 YouTube 📱 Facebook

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh #Bayramingiz_muborak_aziz_ustozlar
Muallimning obroʻ-eʼtibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obroʻ-eʼtiboridir
Xalqimizning chinakam ardoqli bayramiga aylanib borayotgan Oʻqituvchi va murabiylar kuni viloyatimizda bu gal "Nurafshon biznes city” amfiteatrida boʻlib oʻtdi. Bu bayramni viloyatimizning tom maʼnoda yuragiga aylanib borayotgan navqiron shahrimiz Nurafshonda nihoyatda sanoqli kunlarda — 78 ish kunida qurib bitkazilgan mazkur muazzam maydonda nishonlayotganida alohida maʼno bor.
Negaki, bu qutlugʻ ayyom bugun chinakamiga xalqimizning eng ardoqli bayramlaridan biriga aylanib bormoqda.
Oʻqituvchi va murabbiylar kunini viloyatimiz ahli katta shodiyona va xursandchilik bilan nishonlamoqda. Joylardagi eng fayzli goʻshalar, bogʻ va xiyobonlar, istirohat manzillari shu kunlarda bayram shukuhiga burkangan, barchaning kayfiyatida chinakam bayramona ruh hukmron.
✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

#aziz_ustozlar
#tabrik
O‘zbekistonning ilm olamini boyitmoqdasiz, aziz ustozlar!
... Nurafshon shahrida mehnat qilayotgan barcha o‘qituvchi va murabbiylar, ziyolilar timsolida bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning to‘rt tayanch ustuni deb e’tirof etmoqdamiz.
Batafsil: https://telegra.ph/Ozbekistonning-ilm-olamini-boyitmoqdasiz-aziz-ustozlar-10-01

#yutuq
Bola tarbiyasi o‘ta mashaqqatli jarayon. Bir farzand uchun ota-ona qanchalik zaxmat cheksa, kunda 20 dan ziyod bolalarning shovqin-suroniga bardosh berishning o‘zi tog‘dek sabr talab etadi.
Mana shu mashaqqatlar bilan kurashib, bo‘lajak avlod tarbiyasi yo‘lida mehnat qilib kelayotgan Nurafshon shahar 12-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Farxutdinova Irina Grigoryevna o‘zining sharafli kasbiga mas’uliyatli ekanligi bilan "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida muvaffaqiyatli 1-o‘rinni egalladi.
Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan I.Farxutdinovaning yutug‘i bardavom bo‘lsin.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Азиз ўқитувчи ва устозлар! Барчамизга илм ўргатган, ҳаёт сабоғини берган, бутун борлиғини ёш авлод тарбиясидек шарафли фаолиятга бахш этган сиз, жонкуяр, фидойи ўқитувчи ва домлаларимизга чуқур ҳурмат-эҳтиромимизни билдириб, касб байрамингиз билан чин дилдан қутлаймиз!
Яқинда Самарқандда Ўқитувчи ва мураббийлар кунига бағишлаб катта тантана билан ўтказилган байрам тадбирида меҳнат йўлини ўқитувчиликдан бошлаган ва фаолиятининг кўп йилларини шу касбга бағишлаган Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг педагогларимизга табригини ўқиб эшиттириш мен учун улкан шараф бўлди.
«Ўзим кўп йиллар ўқитувчи бўлиб ишлаганим учун бу соҳанинг қанчалик қийин ва машаққатли эканини яхши биламан», деган эдилар давлатимиз раҳбари. Азиз ўқитувчилар, ана шундай оғир ва машаққатли, шу билан бирга ғоят шарафли меҳнатингизда катта муваффақиятлар, барчангизга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга тинчлик-хотиржамлик, файзу барака тилаймиз!
Facebook|Instagram|Twitter

#Tabrik
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi Toshkent suv ta’minoti MChJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari Salixov Akrom Xodjiakbarovichni tavallud ayyomlari bilan muborakbod etadi.
A.Salixovga uzoq umr, salomatlik oilaviy totuvlik, ishlarida omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz.

#RASMIY_MUNOSABAT
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxona tomonidan elektr o‘tkazishga texnik shartga ko‘ra, oshiqcha bir milliard so‘mlik qo‘shimcha va homiylik ishlarini bajarishi talab qilinayotgani aytilib, viloyat hokimligining investisiyalar bilan ishlovchi mutasaddilaridan holat bo‘yicha amaliy yordam berilishi so‘ralgan tanqidiy material e’lon qilindi.
📌 Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
"ABLE SURPLUS" MChJ tomonidan 2021-yil 25-noyabrda auksion savdolari orqali Nurafshon shahar "Xurriyat" MFY hududidan 1 ga (jami 4 ta lot) yer maydoni yutib olingan.
Mazkur korxona tomonidan "Davlat xizmatlari markazi" orqali 2022-yil 20-sentyabr kunida "Xurriyat" MFY hududida joylashgan "ABLE SURPLUS" MChJga qarashli Truba ishlab chiqarish zavodi tashkil etish investision loyihasi uchun elektr tarmoqlariga ulash maqsadida 680 kVtga murojaat qilgan.
Nurafshon shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, "ABLE SURPLUS" MChJ bilan 2022-yil 27-sentyabrda 150 million so‘m shartnoma imzolanib, hozirda mazkur korxona hisob raqamidan "Toshkent NETK" AJ hisob raqamiga 50 million so‘m ko‘chirib o‘tkazilgan, qurilish obyekti uchun tortiladigan 6 kV havo elektr tarmog‘ini loyiha-smetada ko‘rsatilgan ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda korxona qurilish ishlarini boshlash arafasida bo‘lib, loyihalash ishlari yakunlangan, yer ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.
📎 Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi 5233-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil -iyundagi 306-sonli qarorlariga muvofiq haqiqatdan ham xorijiy va mahalliy investorlarning investisiya loyihalarini tashqi infratuzilmaga ulash harajatlarini davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish tartibi belgilangan.
Bu borada Toshkent viloyati hokimligi qoshida maxsus ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mazkur ishchi guruhga murojaat qilish boshlangan.
📍Unga muvofiq loyiha qiymati 200 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan investisiya loyihalari tashqi infrastrukturaga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ulanib berilishi belgilangan. Shu bilan birga, investisiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investisiya loyihasining kamida 50 foizi o‘zlashtirilgan taqdirda boshlanishi hamda loyiha tashabbuskori tomonidan o‘rnatilgan tartibda ishchi guruhga tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

#Hududlar
#6_yilda
Toshkent viloyatida ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
Ko‘rsatkichlar ushbu infografikada

#tadbir
🔰 Nurafshon shahar hokimligi va Diniy qo‘mita hamkorligida shahrimizdagi barcha tashkilot rahbarlari, MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda Xalq ta’limi mutasaddilari ishtirokida "Jaholatga qarshi - ma’rifat" mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
⚡️ Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Ilhom Marupov va Jaxongir Meliqo‘ziyevlarning ma’ruzasi tinglandi. Tadbir davomida "Soxta da’vat" va "Jar yoqasida" nomli videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, ma’ruza davomida yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini olish, turli ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va tinchlikning bebaho ne’mat ekanligi ta’kidlandi.

#sayohat
Kuni kecha Nurafshon shahrida ayollar daftarining 3-bosqichida ro‘yxatda turuvchilar uchun shahar hokimligining tashabbusi bilan sayohat uyushtirildi.
Madaniy hordiq olishga shaylanganlar dastlab Yangi O‘zbekiston bog‘iga yo‘l olishdi.
Sayohat shunchaki aylanish bilan emas, aksincha “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilgan konsert bilan nihoyasiga yetdi.
Ko‘ngli ko‘tarilgan ayollar o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.