Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
963 subscribers
5.04K photos
359 videos
22 files
1.47K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Yangi_loyiha

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari!🧑‍💻👩‍💻 🔥Bugundan boshlab kanalimizda maktab hayotini aks ettiruvchi #maktab_hayoti rukni ostida maxsus postlar joylab bormoqchimiz. Bunga sizning fikringiz qanday? 🖐
Anonymous Poll
88%
Albatta, biz mamnun bo'lamiz!
6%
Yaxshi o'ylabsizlar.
4%
Mayli, kuzatamiz.
2%
Shunchaki omad tilaymiz.
#Maktab_hayoti

KUN MAVZUSI: ORZULAR AMALGA OSHAR
😉❗️

🟦Telegram 🟥Instagram
#Maktab_hayoti

KUN MAVZUSI: IMTIHONLAR YAQIN, TAYYORGARLIK ESA AVJIDA..❗️


📕Telegram 📗Instagram 📘Facebook
#Olimpiada
#Maktab_bosqichi

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Respublika fan olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi❗️

📗Telegram
📕Instagram
📘Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi. Shu bilan davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил школу творчества имени Халимы Худойбердиевой в городе Гулистане. На этом поездка главы государства в Сырдарьинскую область завершилась.

#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Maktab_maslahatchilari
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

To‘liq jarayonlar haqida keyingi postlarda tanishishingiz mumkin.
#OLIMPIADA
#MAKTAB_BOSQICHI
#YANGI_TASHABBUS

🔥Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilarining bilimlarini yanada oshirish, ular o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish maqsadida turli fanlardan maktab ichki olimpiadasi tashkil etildi.

Maktab fizika fani o'qituvchisi Hayotjon Muratov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur olimpiadada o'quvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.

🔰Ma'lumot o'rnida: endilikda ushbu olimpiada haftaning har dushanba kuni muntazam ravishda tashkil etib boriladi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlarining 12 nafari Angliyaning Portsmut shahrida malaka oshirishmoqda.

📆 Mazkur maktab direktorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

📝Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova ham ishtirok etishdi.

🗣Muloqot davomida elchi maktab direktorlariga bu kabi xalqaro doiradagi tadbirlar har doim ham boʻlavermasligi, undan unumli foydalanib, imkon qadar koʻproq bilim va tajriba orttirib, oʻzlashtirgan koʻnikmalarini oʻzbekistonlik boshqa oʻqituvchilar oʻrtasida ham yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidladi.

❗️“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.

#Angliya #Portsmut #maktab_direktorlari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Olimpiada
#Maktab_bosqichi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 562-son qaror ijrosini ta'minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari o'rtasida STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha fan olimpiadasi tashkil etildi.

❇️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ham ushbu olimpiadada Matematika fanidan 2 turda, test hamda yozma ish ko'rinishidagi vazifalarni bajarib ishtirok etishdi.

🔰 Bilimli o'quvchilarimizga Agentlik olimpiadasining keyingi bosqichlarida ham zafarlar tilab qolamiz❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Besh_tashabbus
#Eng_yaxshi_kitobxon_oila
#Maktab_ota_ona_hamkorligi

📚 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Xabiba Atabayeva tashabbusi bilan 6-Blue sinfining kitobga oshno o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari, oila aʼzolari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida "Eng yaxshi kitobxon oila" tanlovi tashkil qilindi.

📝 Kitobsevar o'quvchilarimiz hamda ularning oila aʼzolari Antuan De-sent Ekzyuperining "Kichkina shahzoda" asari asosida tayyorlagan Zakovat savol-javoblari, poster sharhi shartlari orqali o‘z bilimlarini hamda mahoratlarini namoyish etishdi.

📌 Bu kabi tanlovlar orqali ota-onalar hamda maktab hamkorligini yanada mustahkamlashga erishish mumkin.Ayni shu tanlov orqali ularning bilim darajalari, ijodkorlik hamda ifoda qilish qobiliyatlari yanada sayqal topdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Sport_sogʻlik_garovi
#Maktab_ota_ona_hamkorligi

Nurafshon shahridagi Prezident maktabining Kimyo fani oʻqituvchisi Sidikova Nigora tomonidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan 11-Green sinf otalari uchun sport musobaqalari o'tkazildi.

💠 Musobaqa voleybol, shaxmat-shashka hamda psixologik o'yinlar orqali tashkil etildi.

📝 Ushbu musobaqa orqali ota-onalar hamda maktab hamkorligini yanada mustahkamlashga erishish mumkin.Aynan shu musobaqa ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini, farzandlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini aniqlashga yordam berdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_majlisi
#Maktab_ota_ona_hamkorligi
#Fanlar_yarmarkasi

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ota-onalarning umumiy yig'ilishi o'tkazildi.

💠 Yarim yillik yuzasidan tashkil etilgan mazkur majlisda yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.

📝 Yig'ilishdan so'ng, "Fanlar yarmarkasi" ham tashkil etildi. Mazkur yarmarka doirasida ota-onalar farzandlari past o'zlashtirayotgan mahalliy va xorijiy fan o'qituvchilari bilan muloqot qilib, fikr almashishdi va kerakli tavsiyalar olishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM