Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.03K subscribers
5.75K photos
412 videos
24 files
1.65K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtidorli_yoshlar
#Prezident_maktabi

🖥 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi Javohirning Informatika fanidan uyga vazifa sifatida tayyorlagan videoroligini e'tiboringizga havola etamiz.

🔹 Javohir tengdoshlari uchun onlayn darslar davomida Google Classroom, Google Meet, Gmail va Zoom onlayn platformalaridan qanday foydalanish haqida ma'lumot berdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 2 nafar o'quvchisi million AQSH dollaridan ortiq grantni qo‘lga kiritishdi.

✔️Jahonabegim Madrahimova 11 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 886 000$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

✔️Shoxzoda Ibragimova 8 ta xorijiy universitetga o‘qishga qabul qilindi. U jami 282 000$ miqdoridagi grantga ega bo'lgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍6👏5🔥1
#Yangi_loyiha
#Prezident_maktabi

⚡️TEZ ORADA! YANGI LOYIHA!

Farzandingiz Prezident maktabida o'qishini istaysizmi?

Uni Prezident maktablariga kirish imtihonlariga tayyorlamoqchimisiz?

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yo'lga qo'yilayotgan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi aynan SIZ uchun!

📣 "Birgalikda o'rganamiz" - Prezident maktablaridagi o'qitish metodikalari hamda kirish imtihonlarining namunaviy savollarni qanday ishlashni o'rgatadigan onlayn darslar loyihasidir.

❗️Matematika, mantiqiy fikrlash va ingliz tili onlayn darslari tez kunda rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting!

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍7🔥2
#Билимимизни_бўлишамиз
#Prezident_maktabi
#Ingliz_tili

📣ONLAYN VIDEO-DARSLAR: NAVBAT INGLIZ TILIGA

⚡️Xabaringiz bor,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "BIRGALIKDA O'RGANAMIZ!" loyihasi yo’lga qo’yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va mantiqiy fikrlashdan darslar e’lon qilib borilmoqda.

❗️Endilikda INGLIZ TILI fanidan ham video-darslar rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali taqdim etila boshlandi!

👉Onlayn darslar bilan rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin: https://piima.uz/page/onlayn-dars

#Билимимизни_бўлишамиз #Онлайн_дарс

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍4
#Prezident_maktabi
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🔥6👍3🥰1🎉1
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi.

1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍9🔥1😁1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#prezident_maktabi

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida darslar xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va “STEAM – ta’lim” dasturi asosida ingliz tilida olib boriladi. Matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilg‘or ta’lim metodologiyalari asosida chuqur o‘rgatiladi.

📌 Yuqoridagi videolavhada Nurafshon shahridagi prezident maktabida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#prezident_maktabi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Prezident maktablariga belgilangan kvota doirasida 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;

🔹 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi:

1-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#prezident_maktabi
#qabul_2023

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)

🌐Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

❗️Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🔥1
#imtihon_2023
#prezident_maktabi

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar;

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilari xalqaro imtihonlardan yuqori ballarni qo'lga kiritishdi.

Jumladan:

MIRABBOS ANORQULOV
SAT - 1500 ball
IELTS - 7.5 ball

ULUG'BEK PAXRITDINOV
SAT- 1440 ball
IELTS - 7.5 ball

SEVINCH SAMIDJONOVA
SAT- 1410 ball
IELTS - 7.5 ball

💫 O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18👍7🔥4❤‍🔥1🥰1🤩1
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Prezident_maktabi

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Mirabbos Anorqulov AQShning bir qator universitetlaridan talabalikka qabul hujjati va grantlarini qoʻlga kiritishni boshladi.

Wingate University - $122 000
Elmira College - $100 000
Constructor University - $32 000
The University of Arizona - $92 000
Lynn University - $88 000
Washington & Jefferson College - $68 000
American University in Beirut - $106 000
Murdoch University in Dubai - $68 000

🧮 Jami: $676 000.

📝Maʼlumot uchun, Mirabbos IELTS imtihonidan 7.5 ball, SAT imtihonidan 1500 ball sohibi boʻlgan.

🏛 Agentligimiz tizmidagi maktab oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishda davom etmoqda.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
🔥28👏10👍3🏆2🎉1
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 22-MAY
Soat 10:00 dan 15:00 gacha
📍Nurafshon shahri Yangiobod MFY Yangiobod ko'chasi 36-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Nurafshon_PS

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍11🔥4❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#Prezident_maktabi

Bugun Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar" kuni bo'lib o'tmoqda.


❇️Xabar berganimizdek, bugun Prezident maktabi viloyatimizdagi barcha ushbu maktabga qiziqishi va ishtiyoqi baland o'quvchi yoshlar uchun o'z eshiklarini ochdi.

❇️Maktab hududi bo'ylab sayohat, keng imkoniyatlar, o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o'qitish metodikasi, darsdan keyingi to'garaklar faoliyatidan namunalar bilan yaqindan tanishuv, maxsus ko'rgazmali o'yinlar barchaga birdek manzur bo'ldi.

Ayniqsa sayohat davomida o'quvchilarga maktabdagi noakademik to'garaklar; art, shaxmat, robotatexnika, chavandozlik, kamondan o'q uzish kabilarda bevosita ishtirok etish, iste'dod va iqtidorlarini biroz bo'lsa-da Prezident maktabida sinovdan o'tkazish imkoniyati o'zgacha zavq bag'ishladi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
🔥9❤‍🔥1💯1
#prezident_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Xayr maktab, salom kelajak" shiori ostida "So'nggi qo'ng'iroq" bayram-tadbiri bo'lib o'tdi.


⚡️Dastavval maktab Ijrochi direktori Mahmud Yuldoshov va Akademik direktor Mr. Mehrdad so'zga chiqib, maktab o'quvchilarining yil davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyat va zafarlari haqida so'zlashdi. So'ng bitiruvchilarga kelgusidagi hayot yo‘llarida oq yo‘l tilab, o'quv yili davomida o’zining ilg’orligi, tashabbuskorligi va ilm o’rganishdagi faol harakatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lib kelgan bir qator o'quvchilar maktab ma‘muriyati tomonidan taqdirlanishdi.

🎉Tadbirning badiiy qismida bitiruvchilarimiz sahna ko'rinishlari ijro qilishdi, maktab hayoti bilan bog'liq she‘r va qo‘shiqlar kuylashdi. Maktabimizda tashkil etilgan musiqa, raqs va drama to’garagi a‘zolari tomonidan tayyorlangan chiqishlar mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍6🥰6❤‍🔥2🔥2😁1
#prezident_maktabi
#soʻnggi_qoʻngʻiroq

⚡️Nurafshon
Prezident maktabining aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktab ta'limini muvaffaqiyatli tamomlab, mustaqil hayotga - umringizning yanada go'zal va mas'uliyatli bosqichiga qadam qo'yayotganingiz bilan Prezident maktabi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Har biringizda cheksiz iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Oldingizga yuksak marralar qo’yib, maqsadlar tomon harakat qilishdan hech qachon charchamang. Yangi O’zbekistonning buyuk kelajagi aynan siz aziz yoshlar qo’lidadir.

Qadrli bitiruvchilar, barchangizga ulkan muvaffaqqiyatlar va barkamollik, hayot yo'lingizda esa hamisha omad va baxt hamroh bo'lishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan,
Nurafshon shahridagi
Prezident maktabi jamoasi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍24🔥53👏3💯2🎉1🏆1
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 29-Aprel
Soat 10:00 dan 15:00 gacha
📍Nurafshon shahri Yangiobod MFY Yangiobod ko'chasi 36-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Nurafshon_PS

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
👍5🔥2🥰1
#imtihon_2025
#Prezident_maktabi

🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😁1