Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.04K subscribers
5.75K photos
411 videos
24 files
1.65K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#CIS
#Trening

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va Xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi xalqaro konsultanti Michele Gaddy tomonidan CIS bo‘yicha trening mashg‘ulotlari yuqori kayfiyatda boshlandi.


Mashg‘ulotda Nurafshon shahridagi Prezident maktabi maʼmuriyati, STEM yo‘nalishi o‘qituvchilari, tarbiyachilar hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishmoqda.

📗Telegram
📕Instagram
📘Facebook
👍18🔥4👏42🥰1😁1
#CIS
#Trening
#Live

🔥Mashg'ulot ishtirokchilari jamoalarga bo'lingan holda yangi g'oyalar asosida o'z taqdimotlarini namoyish etishmoqda. Ular tomonidan berilgan yangi g'oyalar asosida ta'lim tizimidagi ayrim muammolarga yechim topilmoqda❗️



📗Telegram
📕Instagram
📘Facebook
👍11🔥7👏3🥰21🤩1
#CIS
#Trening
#Live

Treningdagi qizg'in jarayonlardan fotolavhalar..❗️

📗Telegram
📕Instagram
📘Facebook
🤩19👍136🎉4🔥3👏3🥰1😁1
#Prezident_maktablari
#Seminar_trening
#CIS

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkilotiga a’zolikka kiritish hamda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan seminar-treninglarga start berildi.

❗️Unda Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Treninglarda:

✔️Iqtidorli yoshlar bilan ishlash,
✔️Ta’lim olish va ta’lim berish sifatini yaxshilash,
✔️Maktablarni ekotizim sifatida tahlil qilish kabi mavzularda bo’lib o’tmoqda.

📆Treninglar 24-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍6🔥3
#Nurafshon_prezident_maktabi
#CIS

TASHRIF MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
❗️

⚡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi xodimlari uchun Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tomonidan seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Dastur davomida vakillar maktabimiz xodimlariga CIS aʼzoligiga oʻtish uchun muassasa ega boʻlishi kerak boʻlgan zarur koʻnikmalar, navbatdagi tashrifga qadar o'quv-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan rejalar uchun turli tavsiyalar, muhim ma'lumotlar berdi.

🔥SHUNING BILAN CIS NING NAVBATDAGI BOSQICHI HAM NAMUNALI YAKUNLANDI❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍215🔥2👏1
#Seminar_trening
#CIS

⚡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yuqori sifatli o'qitish va o'rganish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Dastlab yig'ilishni maktab akademik direktori Janob Seyed Mehrdad Yamani kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtdi.

🔥 O'qituvchilar o'quvchilarning turli ehtiyojlarini qondiradigan, global standartlarga mos keladigan va doimiy takomillashtirishga yordam beradigan ta'lim muhitini yaratish uchun dalillarga asoslangan usullarni o'rganishdi.

Ushbu kasbiy rivojlanish tashabbusi bizning eng yuqori ta'lim standartlarini saqlab qolish va o'quvchilarimizga ajoyib ta'lim tajribasini olishini ta'minlash bo'yicha doimiy majburiyatimizning bir qismidir.

🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐 Facebook ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍7❤‍🔥52👏2🤝2🎉1🤩1🏆1🤗1
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4🔥3🎉1
#Xalqaro_hamkorlik
#Nurafshon_PM
#CIS

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabida

🔹Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.

🔸Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) Prezident maktabi pedagog jamoasi va boshqaruv xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish, ta'lim jarayonlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflar va loyihalar almashinuvini yo'lga qo'yishni rejalashtirgan.

🔰 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) – xalqaro taʼlimga qaratilgan aʼzolik tashkiloti hisoblanib, yurtimiz hududidagi barcha Prezident maktablari dastlabki 2 bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook▶️ YouTube
👍275🔥2
#Xalqaro_hamkorlik
#Nurafshon_PM
#CIS #2_kun

⚡️Xalqaro Maktablar Kengashi (CIS) vakillari uchun Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi tomonidan 4S tadbiri tashkil qilindi.

Ma’lumot o’rnida:
4S(SSSS):
-Science
-Sport
-Social
-Spirituality


🔹 Kun davomida tashkil etilgan tadbir doirasida robofutbol, psixologik treninglar, sport musobaqalari, milliy taomlar festivali, “Science fair” loyihalar taqdimoti hamda bir qator namoyishlar taqdim etildi. Shuningdek, mazkur chiqishlar ishtirokchi va mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

❗️Eslatib o'tamiz: tashrif hali davom etadi.


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook▶️ YouTube
🔥25👍10👏32
#xushxabar
#CIS

🤩 NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

Xalqaro maktablar kengashi (CIS ) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra, Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi CIS akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

❗️CIS a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.


📝Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon hamda Fargʻona shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥9👏93