Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
965 subscribers
5.04K photos
357 videos
22 files
1.47K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Xorijiy_professorlar
#Янги_Ўзбекистон_университети

SAMSUNG ELECTRONICS VA HYUNDAI MOTORS KOMPANIYALARINING ASOSIY LABORATORIYASI ASOSCHISI ENDI "YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETIDA!

🔹Hozirda Janubiy Koreyaning Sejong universitetida faoliyat olib borayotgan Professor Ki Buem Kim "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalarining ilmiy izlanish va tadqiqotlarida ko'maklashadi. Professor Kim kimyo muhandisligi mutaxassisligi bo'yicha texnika fanlari doktori, professor. U Buyuk Britaniyaning Oxford universitetida tahsil olgan.

Professor Kim "Yangi O'zbekiston" universitetining Kimyo va mexanika muhandisligi fakultetlari talabalariga dars o'tish va universitetdagi ilmiy izlanishlarda faol ishtirok etish uchun taklif etilgan.

⚡️Professor Ki Buem Kim boshchiligidagi “Nano Structured Materials Laboratory” deb nomlangan laboratoriya Samsung Electronics va Hyundai Motors kompaniyalarining asosiy laboratoriyalaridan biri hisoblanadi.
#Янги_Ўзбекистон_университети
#GTL_zavodi

⚡️“UZBEKISTAN GTL” ZAVODIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” TALABALARI UCHUN ALOHIDA XONA AJRATILADI

Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va “Yangi O‘zbekiston” professor-o'qituvchilari hamda talabalari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lishdi.

✔️Talabalar zavodning mas'ul xodimlari tomonidan "Uzbekistan GTL" bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiyada, jumladan:

Zavodning markaziy laboratoriyasi
Administrativ boshqaruv markazi
Fizik-kimyoviy tahlillar markazi
Neft mahsulotlarini motor usulida sinash laboratoriyasi va
"Sho'rtan gaz-kimyo" majmuasida bo'lib, ularning faoliyati bilan tanishishdi.

❗️ "Uzbekistan GTL" zavodining Administrativ boshqaruv markazida "Yangi O'zbekiston" talabalari uchun alohida xona ajratiladi. Talabalar bu yerda amaliy mashg'ulotlar o'tashlari mumkin.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan
bunday imkoniyat ilk bora taqdim etilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Янги_Ўзбекистон_университети
#GTL_zavodi

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “O‘zbekneftgaz” AJ o'rtasida imzolangan o'zaro hamkorlik memorandumi hamda “Yangi O’zbekiston” universiteti talabalarining “Uzbekistan GTL”ga ekskursiyasidan videolahva.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Янги_Ўзбекистон_университети

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda Massachusetts Institute of Technology J-WELL rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:
hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari,
"Yangi O'zbekiston" universitetida ochilishi ko'zda tutilgan yangi yo'nalishlar uchun o'quv dasturlari ishlab chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish;
universitet talabalarining MIT Campusda qisqa muddatli amaliyotini tashkil etish va Research & Development markazlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv so'ngida, shuningdek MIT hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti professorlari o'rtasida o'zaro almashinuv loyihalarini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube