Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
961 subscribers
5.06K photos
362 videos
22 files
1.48K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Ota_onalar_bilan_uchrashuv
#Nurafshon_shahar_Prezident_maktabi

🔵Joriy yilning 9-noyabr kuni Toshkent viloyati Yoshlar markazida Nurafshon shahar Prezident maktabiga 2 bosqichli sinovlardan muvaffaqqiyatli o'tgan 144 nafar o'quvchilar, ularning ota-onalari va maktab jamoasi bilan birgalikda ochiq muloqot o'tkazildi. Tadbir davomida maktabning ichki tartib qoidalari haqida ota-onalar va o'quchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

🟡Shuningdek, o'quvchilarning qiziqishlari, kelajak maqsadlarini aniqroq bilish maqsadida savol-javoblar tashkil etilib, iqtidori baland yoshlarimiz tomonidan o'z ijod namunalari bilan tengdoshlariga o'rtoqlashishlariga imkon berildi. "Tug'ilgan kun" loyihasi ham tadbirga o'zgacha fayz kiritdi.

🟢Tadbir so'ngida tez kunda tantanali ravishda ochilishi kutilayotgan maktabning barcha tashkiliy maslalari kelishilib olindi va barchaga yana bir bor viloyatda yagona hisoblangan Prezident maktabiga qabul qilinganliklari uchun alohida tashakkur aytildi.

#Uchrashuv, #Nurafshon, #Iqtidor, #144
Forwarded from Nurafshon shahar Ma'naviyat va marifat kanali (Sh̷a̷h̷l̷o̷ Ib̷r̷o̷h̷i̷m̷o̷v̷n̷a̷)
#Nurafshon_shahar
#Ona_yurt_fidoiylari
#Kitob_taqdimoti

📚 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi tashabbusi bilan joriy yilning 12-dekabr kuni Nurafshon shahar Prezident maktabining yuqori sinf o'quvchi yoshlar ishtirokida "Ona yurt fidoiylari" rukni ostida chop etilgan Abdulla Avloniyning "Bugungi o'zbek vaqtli matbuotining tarixi", Munavvarqori, Qayum Ramazon va Shorasul Zunnunlarning "O'zbekcha til saboqlari" hamda Mominjon Muhammadjon og'lining "Bolalarga nasihat" kitoblarining taqdimoti bo'lib o'tdi.

📌Taqdimot davomida jadid bobolarimiz qoldirgan boy adabiy merosi va chop etilgan kitoblar hamda ularning ahamiyati haqida so'z yuritildi. Kitoblar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

✍️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi.