Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
953 subscribers
5.18K photos
373 videos
22 files
1.5K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

DUNYONING TOP UNIVERSITETLARIGA GRANDLARNI QO`LGA KIRITISH IMKONI ENDI HAMMADA BOR


🗓 Olmaliq shahridagi 19-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda "Gennis Campus" nodavlat ta`lim markazi trenerlari tomonidan "Ta`limga zamonaviy yondashuv" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰Unda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktablarning salohiyatli o`qituvchilari hamda tashabbuskor o`quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️ Trening davomida dunyoning TOP OTMlariga kirshdagi grandlar to`g`risida to`liq ma`lumotlar berildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan qoʻllanilgan amaliy mashgʻulotlar o'qituvchilar va o`quvchilarning ta`limiy mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

♻️Keyingi manzilimiz Yangiyo`l shahri. Bizni kuzatishda davom eting.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️⚡️MENGA - AYTSANG UNUTAMAN, KO'RSATSANG ESLAB QOLISHIM MUMKIN, ISHLASHGA IMKON BERSANG U BATAMOM MENIKI BO'LADI
❗️

🫡Va'da berganimizdek, biz Yangiyo'l shahridamiz va yuqoridagi fikrlarni bizga bildirgan ishtirokchilardagi ko'tarinki kayfiyatni videolavhadan ko'rishingiz mumkin.

💯"Albatta bu yangi loyiha, yangi tashabbus. Ushbu loyihaga nafaqat viloyatimizdagi serqirra o'qituvchi va tashabbuskor o'quvchilarni qamrab olishni balki Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda butun respublika bo'ylab mazkur loyihani ommalashtirishni oldimizga asosiy maqsad qilib olganmiz" - deydi loyiha asoschisi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori: Mahmud Yuldoshov.

📍Ushbu loyihaga qiziqish bildirganlarni Nurafshon shahrida kutib qolamiz. Sababi keyingi manzilimiz: NURAFSHON SHAHRI🤝

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#Navbat_Nurafshonga

VILOYATDA SHOV-SHUV BO'LGAN TRENERLAR ENDI NURAFSHONDA
❗️

🔥Avval xabar berganimizdek, ko'plab o'qituvchi va o'quvchilarga zamonaviy bilimlarni berishdan charchamayotgan bir guruh tashkilotchilar Nurafshon shahridagi Prezident maktabida navbatdagi amaliy mashg'ulotlarga boy bo'lgan o'quv-seminarining uddasidan qoyilmaqom darajada chiqishdi.

Doimgidek seminar ishtirokchilaridagi taassurotlar olam-olam. Buni ushbu videolavhadan ham ko'rishingiz mumkin.

⚡️⚡️Keyingi bekat - BEKOBOD⚡️⚡️
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

⚡️ Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida trener-kutubxonachilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

❗️Ma'lumot uchun, joriy yilning 9-iyun kuni hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
#Kutubxona_nurxona

🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi Guldiyora Yusupova tashabbusi bilan viloyatimizning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun "Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi" mavzusidagi o'quv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ'ib qilishning noan'anaviy usullari haqida so'z yuritildi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆
24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi
#Seminar_trening

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari (35-son bayon) ijrosi yuzasidan joriy yilning 19-20-dekabr kunlari Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Yangiyo'l, Bo'ka, Ohangaron va O'rta Chirchiq tumanlaridagi o'qituvchilar uchun Nurafshon shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy o'qituvchilari tomonidan seminar-treninglar o'tkazildi.

O'qituvchilar treningda zamonaviy ta'lim texnologiylari, xalqaro baholash mezonlari, produktiv o'qitish metodlariga oid yangicha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostidagi amaliy seminar-trening start oldi.

Shuningdek, Prezident maktablarining 2023/2024-oʻquv yilidagi natijalari va ularning tahlili, "Prezident maktablari-2030" strategiyasi va yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar boʻyicha ma’ruzalar tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, amaliy seminar-trening 30-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostida amaliy seminar-trening oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur seminar-trening doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi Prezident maktablarining Maxsus fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va Akademik direktorlari uchun Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markaziga sayohat tashkil etildi.

Hunarmandlik markazida yuzlab turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi.

Markazda tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi, podium, chevarxona ham o‘rin olgan. Matoga gul chizish, bog‘lash, davra, qad tayyorlash jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi.

Sayohat davomida seminar ishtirokchilari milliy matolarimizni yaratish jarayoni, gilamdoʻzlik, kashtachilik sir-asrorlari bilan yaqindan tanishdi. Serjilo ranglar, goʻzal naqshlar bilan uygʻunlashib ketgan milliy hunarmandlik namunalari ularda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM