Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.04K subscribers
5.75K photos
411 videos
24 files
1.65K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️Yangi 2022-yil Agentligimiz faoliyati bilan bog'liq xushxabar bilan boshlandi!

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligining Facebook va Instagramdagi sahifalari rasmiy (verifikatsiya) maqomga ega bo'ldi.

❗️Endilikda mazkur belgi orqali Agentlikning rasmiy sahifalarini soxta sahifalardan osongina ajratib olishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Халқаро_эътироф

PREZIDENT MAKTABLARI ANGLIYADA HAM EʼTIROF ETILDI

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-saytida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda iqtidorli o‘quvchilar haqida maqola chop etildi.

⚡️Maqolada Prezident maktablarining O‘zbekiston taʼlim tizimini o‘zgartirish uchun cheksiz imkoniyatlari qayd etilgan. Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida so‘z yuritiladi.

❗️O‘quvchilardan o‘zi o‘qiyotgan maktabni bir so‘z bilan taʼriflash so‘ralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzu” deya javob berishgan...

⚡️Maqolada O‘zbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bekning Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirganligi, oradan qariyb 600 yil o‘tib O‘zbekistonning taraqqiyoti yo‘lida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

👉Maqola bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
👍4
#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o’quvchilari ham bor:

🔹Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o’quvchisi Azimjon Jamalov,

🔹Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi
Arislanbek Kalbayev va

🔹Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-sinf o’quvchi Akmaljon Abdurahmonov “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


✔️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin!

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍5🎉41
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

⚡️⚡️4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!

Endi o‘quvchilarimizning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

❗️Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

🔴Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

👉Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.
#Xushxabar
#A_level

⚡️14 TA PREZIDENT MAKTABINING BARCHASI XALQARO CAMBRIDGE IMTIHONLARINI O'TKAZUVCHI RASMIY MARKAZGA AYLANDI!

Xabar berganimizdek, xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

❗️Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

📌Ma'lumot uchun, A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍8🔥1
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

Jumladan:

️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilindi.

️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o'quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTMl talabalariga aylanishdi.

❗️O'quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👏10👍2🎉1
#XUSHXABAR🔊

⚡️O'QUVCHIMIZ XALQARO OLIMPIADA TAQDIRLANUVCHISI BO‘LDI❗️

🔥Joriy yilning 28-30-sentabr kunlari Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan "Hippo-2023" jahon final olimpiadasida yurtimiz sha'nini himoya qilayotgan 9 nafar yoshlar orasida maktabimizning 7-green sinf o'quvchisi Nurullayeva Sabrinaning borligi hamda xalqaro diplom va medal bilan taqdirlanganligi butun maktabimiz jamoasini mamnun etdi.

Ma'lumot o'rnida: 11-xalqaro ingliz tili bo‘yicha o'tkazilgan mazkur olimpiadaning jahon bosqichida 3000 ga yaqin yoshlar ishtirok etishgan.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍24🔥31🥰1👏1
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍264🔥2🎉1
#Xushxabar
#Xalqaro_olimpiadalar
#Agentlik_olimpiadasi

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabi 6-sinf o'quvchisi Shahruz Erkinov bir qator nufuzli Xalqoro olimpiadalarda munosib ishtirok etib, yuqori o'rinlarni egallab kelmoqda.

Xususan,

🏆AIMO (oltin),
🏆AMC (oltin),
🏆TeenEagle (kumush).


🔖Shuningdek, ushbu o'quvchimiz Agentlik olimpiadasida ICT fanidan Respublika bosqichida faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

🎉O‘quvchimizning mehribon va g'amxo'r ota-onasi hamda jonkuyar ustozlarini ushbu natijalar bilan samimiy tabriklab, uning kelgusidagi o‘qishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👏23👍9🥰2❤‍🔥1
#Xushxabar

Mamlakatimizning 1-11-sinf o'quvchilari, kollej va litsey talabalari uchun o‘tkaziladigan WMI - Xalqaro matematika olimpiadasining saralash bosqichi o'tkazildi.


⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchilari:

1. Bakirova Madina - kumush 🥈
2. Mirzanarova Sevinch - kumush 🥈
3. Avazov Xumoyun - bronza 🥉
4. Almatov Mirfayoz - bronza 🥉
5. Mirzanov Abduzohid - bronza 🥉
medallari sohibi bo‘lib, mazkur olimpiadaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
  
Eslatma: ushbu olimpiadaning final bosqichi 2024-yil iyul oyida Malayziyaning Kuala - Lumpur shahrida bo'lib o'tadi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
👍24❤‍🔥21🔥1👏1
#xushxabar
#CIS

🤩 PREZIDENT MAKTABLARI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

CIS (Xalqaro maktablar kengashi) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra hozirda Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva hamda Namangan shahridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4🔥3🎉1
#Xushxabar
#Bizning_shunday_õqituvchilarimiz_bor

🥳Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Toshkent viloyati volontyorlar maktabi mentori - Islom Karimov xalqaro forum doirasida o‘tkazilgan "Yil volontyori – 2024" nominatsiyasi g'olibi bo‘ldi.

🖐O‘qituvchimizga bundan keyingi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz❗️


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍16👏9🥰3🎉1
#xushxabar
#CIS

🤩 NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHI AKKREDITATSIYASIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTDI

Xalqaro maktablar kengashi (CIS ) vakillari 2022-yildan boshlab Prezident maktablari faoliyatini oʻrganishni boshlagan edi. Oʻtgan davr davomida tashkilot tomonidan maktablarimizda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlar oʻrganildi.

⚡️ Oʻrganishlar natijasiga koʻra, Agentligimiz tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi CIS akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

❗️CIS a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.


📝Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon hamda Fargʻona shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥9👏93