Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
956 subscribers
4.87K photos
348 videos
22 files
1.44K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Zakovat

Maktabimizda "Zakovat" intellektual o'yini muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

🇷🇺Navbatdagi "Zakovat"ning qiziq jihati shundan iboratki, o'yin to'liq rus tilida o'tkazildi va savollarning aksariyati videosavol shaklida berildi. Rus tili fani o'qituvchisi Kyamile Asanova tashkil etgan mazkur o'yinda "Bulletproofs" jamoasi g'oliblikni qo`lga kiritishdi.

🔥ZAKOVATDA - KUCH!
#JIDDIY
#ZAKOVAT

"NURAFSHON" JAMOASI A'ZOLARI ANIQLANDI❗️

Xabaringiz bor, maktabimizda muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazilib kelinmoqda.

🟦Bugun maktabning maxsus ishchi guruhi (alohida tuzildi) bilan navbatdagi o'yin orqali eng kuchli bilimdonlar "Zakovat"ning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi. Kuchli baxs-munozaralardan so'ng, 7 nafar har tomonlama munosiblar saralandi. Hozir sizlarga tanishtiradigan o'quvchilarimiz maktabimizning terma jamoasi ya'ni "NURAFSHON" jamoasi a'zolaridir!👇👇

Jamoa sardori:

1⃣Shodiyor Shukuraliyev - IELTS 8 ball;

Jamoa a'zolari:

2⃣Bekzod Asqaraliyev - Maktab yigitlar sardori;
3⃣Azizbek Yakshinbayev - Fan olimpiadalari ishtirokchisi;
4⃣Mardona Nuriddinova - "Ibrat" oromgohi ishtirokchisi, sinf prezidenti;
5⃣Ruhshona Berdimurodova - "Zakovat" turnirlari ishtirokchisi;
6⃣Dilshod Turdaliyev - "Universal jang" bo'yicha respublika sovrindori;
7⃣Mirabbos Anorqulov - Tarix fani bo'yicha ko'plab musobaqalarning mutloq g'olibi.
#Zakovat
#Nurafshon
#Live

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi sanoqli soniyalardan so'ng boshlanadi.

Biz "Nurafshon" jamoasi g'alabaga shaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting❗️
Forwarded from Hilola Umarova
#Zakovat

Bugun Agentligimiz tizimidagi maktablar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yinining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda maktablarimizdan 26 ta terma jamoa ishtirok etib, 4 tur doirasida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

❗️Zakovat" o'yinlari asoschisi Abdurasul Abdullayev o’quvchilarimizning savollarga javob berishdagi tezkorliklari, murakkab savollarga ham oson javob topishlarini alohida e’tirof etdi.

Musobaqa yakuniga ko'ra:

🥇1-o'rinni - Namangan shahridagi Prezident maktabi,
🥈2-o'rinni - Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🥉3-o'rinni - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi qo’lga kiritdi.

Sovrindor jamoalarning har bir a’zosi diplom va noutbuklar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, g’olib jamoalarga Zakovat” stipendiyasi ham berilishi ko'zda tutilgan.

O’yin qizg’in bahslarga boy holda o’tdi. Har bir tur natijalari hayajon bilan qarshi olindi. Shuningdek, o'yin doirasida appelyatsiya jarayonlari ham bo’lib o’tdi.

Aytish mumkinki, bunday o’yinlar yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etishda alohida ahamiyatga ega.

O’quvchilarimizga bundan keyingi faoliyatlari hamda o’qishlarida ham omad tilayman.

Zafar hamisha yor bo’lsin, aziz yoshlar!
#Zakovat
#Agentlik_tizimidagi_maktablar
#Toshkent_viloyati

⚡️⚡️⚡️Xodimlar o'rtasida "Zakovat"ning viloyat turniri o'tkazildi.

🏆Bugun Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida "Zakovat" intellektual klubi NNT bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o'yinining Toshkent viloyati turniri o'tkazildi.

🔥O'yinda viloyatning Nurafshon shahridagi Prezident maktabi va 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablari ishtirok etishdi. Qizg'in baxs-munozaralarga boy bo'lgan mazkur o'yinda 2 ta tur savollari o'ynaldi.

Umumiy natijalarga ko'ra:

1⃣-o'rin: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi;
2⃣-o'rin: Bo'ka tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
3⃣-o'rin: O'rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

G'olib va faol ishtirok etganlar maxsus "Ko'chma kubok" hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Eslatma: mazkur o'yin o'quv yilining har choragida o'tkaziladi va maxsus kubok g'olib jamoa bilan birga ketadi❗️

🏆 Telegram  🏆 Instagram
🏆 Facebook 🏆 YouTube
#Zakovat

Maktabimizda muntazam ravishda tashkil etib kelinadigan "Zakovat" intellektual o'yinlari albatta o'quvchilarimizda mantiqiy fikrlashlarini oshirishga yordam berib kelmoqda. Bu galgi tashkil etilgan o'yinimiz ham savollari qiziqarli, jamoalar kuchli va baxs-munozaralarga boy bo'ldi.

🔥Umumiy natijalarga ko'ra 7-green sinfining "Eclipse" jamoasi mutloq g'oliblikni qo'lga kiritishdi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Zakovat
#Bayram_soni

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan agentlik tizimda faoliyat yuritayotgan go‘zal va latofatli ayyollarga bayramona kayfiyat ulashish hamda intellektual salohiyatni yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.

⛪️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan turnirda 13 ta jamoa ya'ni, 12 ta ixtisoslashtirilgan maktab hamda Nurafshon shahar Prezident maktabining ayol o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 o‘rin Nurafshon shahridagi Prezident maktabi,
🥈 o‘rin Bo‘ka tumani ixtisoslashtirilgan maktabi,
🥉 o‘rin Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalariga nasib etdi.

"Ko‘chma" kubok bu safar ham Nurafshon shahridagi Prezident maktabida qoldi❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Zakovat
#Bahorgi_mavsum

⚡️Maktabimiz bilimdonlari "Zakovat" intellektual klubi tomonidan o'tkazilayotgan talaba-o'quvchilar Ligasining navbatdagi tur o'yinida faol ishtirok etishdi.

😱Emotsiyalarni fotolavhalar orqali ko'rishingiz mumkin❗️

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Zakovat
#Mavsum_boshlandi
#Saralash_bosqichi

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-o'quv yili uchun "Zakovat" o'yinlariga start berildi. Mavsum o'ynida 12 ta jamoa bellashishga kirishdi.

🔥Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida o'tkaziladigan turnirda maktab terma jamoasi a'zolarini saralash uchun ham bu galgi o'yin asos bo'lishi mumkin.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#zakovat

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi boshlanish arafasida!

Birozdan so‘ng respublikamizning barcha hududlaridan yig‘ilgan eng kuchli jamoalarning bellashuviga guvoh bo‘lamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#zakovat
#tabriklaymiz

⚡️Xabar berganimizdek, Toshkent shahrida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalaridan kelgan 42 ta jamoa (294 nafar oʼquvchi) gʼoliblik uchun bellashdi.

📣 His-hayajonga boy boʼlgan respublika bosqichida quyidagi jamoalar gʼolib boʼldi:

🥇Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
🥈Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
🥉Denov tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Mazkur jamoalarning har bir aʼzosiga hamda murabbiyiga Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovgʼa qilindi. Endilikda ushbu jamoa aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy toʼlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

🟢 Shuningdek, ularning har biriga bir oʼquv yili davomida har oy quyidagi miqdorda “Zakovat” stipendiyasi toʼlab boriladi:
1-oʼrin: BHMning 5 baravari;
2-oʼrin: BHMning 4 baravari;
3-oʼrin: BHMning 3 baravari.

Barcha g'olib jamoalarimizga kelgusidagi ishlarida omad, bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Kuzgi_mavsumga_start_berildi

⚡️
Diqqat, Nurafshondan gapiramiz❗️

💯Maktabimizda “Zakovat” klubi faoliyati doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ko‘plab jamoalar bilan qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tadi.

🏆Kuzgi mavsumning ilk o'yini maktabning "Zakovat" koordinatori Islom Karimov tomonidan tashkil etildi va 16 ta jamoa bilan start oldi.

#Zakovatda_kuch #Bilim #Tafakkur #Ğalaba #Kõchma_kubok #Õquvchilar_ligasi

📗
Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#zakovat
#hududiy_bosqich

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi g‘oliblari

📝 Mazkur 42 ta jamoa turnirning respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Lady_Up
#Zakovat

📚 10-Blue sinf oʻquvchisi Oltmishboyeva Sarvinoz boshchilik qiladigan "Lady Up" qizlar klubi tomonidan "Zakovat" o'yini tashkil qilindi.

📌 Qizg'in va murosasiz baxslarga boy bo'lgan ushbu intelektual o'yin qizlarimizni birdamlikda, ahillikda ishlashga undadi.

📣📣📣 Quyida esa g'olib jamoalar bilan tanishishingiz mumkin...

🥇 1-o'rin Gyirls jamoasi

🥈 2-o'rin HP jamoasi

🥉 3-o'rin Girls' planet jamoasi


📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube
#Zakovat

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Zakovat" intellektual o'yini muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. 🏆

🇷🇺 Navbatdagi "Zakovat"ning qiziq jihati shundan iboratki, o'yin to'liq rus tilida o'tkazildi va savollarning aksariyati videosavol shaklida berildi. Rus tili fani o'qituvchisi Kyamile Asanova tashkil etgan mazkur o'yinda "Generation-z" jamoasi g'oliblikni qo`lga kiritishdi.

🔥ZAKOVATDA - KUCH!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Konstitutsiya_bilimdoni
#Konstitutsiyam_32_yoshda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi Prezident maktabining tarix fani oʻqituvchilari Mehrinisa Eraliyeva hamda Dilnoza Sodiqovalar tashabbusi bilan 9-sinf o'quvchilari uchun konstitutsiyaviy bilimlarga oid bo'lgan Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.

📌 Ushbu tashkil etilgan o'yin qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'ldi hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid savollar orqali o'quvchilar olgan bilimlarini yanada mustahkamladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | ▶️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM