Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
963 subscribers
5.04K photos
359 videos
22 files
1.47K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Trening
#Nottingham_Trent

Nottingham Trent Universiteti professorlari o'qituvchilar uchun trening o'tkazadi

☑️Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan seminar-trening tashkil etilmoqda.

✔️ 24-26-mart kunlari ingliz tili oʻqituvchilari uchun xalqaro seminar-trening boʻlib oʻtadi.

✔️Ushbu seminar Nottingham Trent Universitetining professorlari tomonidan oʻtkaziladi.

✔️3 kunlik seminar-treningda oʻqituvchilar ingliz tilini oʻqitish boʻyicha asosiy gʻoyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

✔️Bu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir.

👉Seminar-treningning keyingi bosqichlarida umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilari ham ishtirok etishi mumkin boʻladi.
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

Bugun, 24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✔️Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

✔️Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Seminar-treninglar davom etmoqda.
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

SEMINAR-TRENINGLARNING OFFLAYN QISMI YAKUNLANDI

⚡️Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro-seminar treninglarning offlayn qismi o'z nihoyasiga yetdi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-treninglar doirasida bugun:

✔️ingliz tili darslarida formativ baholash,
✔️ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn kurslarni tashkil etish mavzularida darslar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Macmillan nashriyot uyi tomonidan ingliz tilidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi va o'qituvchilar uchun kitoblar taqdim etildi.

❗️Mashg'ulotlarning onlayn qismi yana 8 hafta davom etadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube