Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
1.02K subscribers
5.63K photos
396 videos
23 files
1.61K links
🔰Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy kanali.

📌 Instagram:
https://www.instagram.com/nurafshonpm/

📌 Facebook:
https://www.facebook.com/share/g/17irS3fErt/

📌 Telegram bot:
https://t.iss.one/NurafshonPS_bot
Download Telegram
#Rasmiy_murojaat

Hurmatli maktabimiz ota-onalari❗️

🟦Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan joriy yilning 7-fevralidan boshlab Nurafshon shahridagi Prezident maktabida o‘quv jarayonlari anʼanaviy shaklda davom ettiriladi.

➡️Bunda karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda, maktab xodimlari va o‘quvchilari shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari talab etiladi!

📚Dars mashg‘ulotlari amaldagi dars jadvali asosida tashkil etiladi.

Ota-onalardan iltimos:

Farzandlaringizni 6-fevral kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha sog'lom ekaniga to'liq amin bo'lib, darsliklari, formalari, netbuklari va eng asosiysi tibbiy antiseptik vositalar bilan ta'minlashingiz;

Farzandlaringizning netbuklaridagi turli xil ijtimoiy tarmoqlarni (Telegram, Instagram, Facebook va hakazo) o'chirgan holatda, darslarga tayyor ekanliklarini nazoratga olishingizni so'raymiz.

⚡️Hurmat bilan Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ma'muriyati
!

https://t.iss.one/NurafshonPM
#Rasmiy

TAYINLOV

⚡️⚡️⚡️ Yuldoshov Maxmud Ma'ruf o'g'li – Nurafshon shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori etib tayinlandi.

📌M.Yuldoshov – 1994-yilda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti - oliy.

Lavozimiga tayinlanguniga qadar “GENNIS CAMPUS” NTM rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

⭕️Prezident maktabining jamoasi Yuldoshov Maxmud Ma'ruf o'g'lining kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkiloti qatnashmasligi hamda birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani haqidagi xabarlarga RASMIY MUNOSABAT

Steve King
, Cambridge University Press&Assessment xalqaro ta’lim tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi:

— Salom, men Cambridge Assessment xalqaro ta’lim tashkilotidan Steve Kingman.

O‘zbekiston Prezident maktablariga qabul imtihonlari haqida gapirib o‘tsam, 2019-yildan buyon va bu yil ham tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va o‘quvchilarni saralashda, natijalarni e’lon qilishda ishtirok etadi.

Har yili O‘zbekistonda minglab talabgorlar 14 ta hududdagi Prezident maktablariga kirish uchun bellashadilar.

Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni ta’minlashga intildik.

Murojaatchilar bizdan bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning ishtirokimiz yo‘qligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishimizni so‘rashdi. Bu xabarlar asossiz! Shuni ishontirib aytamanki, biz 2019-yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnashmoqdamiz.

Bizning tashkilotimiz qabul imtihonlari bilan bog‘liq hamkorlikdan mamnun va ishonamanki, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Prezident maktablarining birinchi bosqichida 4-sinf o‘quvchilariga dasturga mos bo‘lmagan savollar berilganligi yuzasidan RASMIY MUNOSABAT

Iroda Saibova, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktor o‘rinbosari.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Rasmiy

TAYINLOV


⚡️⚡️⚡️ Ermatova Akmaral Djarilkanovna – Nurafshon shahridagi Prezident maktabining maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

📌A.Ermatova – 1980-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. Ma'lumoti - oliy.

Lavozimiga tayinlanguniga qadar Qibray tumanidagi 28-maktabda direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

⭕️Prezident maktabining jamoasi Akmaral Djarilkanovnaning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qoladi.

📗 Telegram 📕 Instagram
📘 Facebook 📙 YouTube