NAVOIY YOSHLARI
4.72K subscribers
24.7K photos
3.99K videos
46 files
5.37K links
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
#Kurash
#Bosh_prokuror_kubogi_shahar_bosqichi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

🔵O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Gʻozgʻon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Kurash" sport turi  bo'yicha "Bosh prokuror kubogi" musobaqasi shahar bosqichi tashkil etildi.

Musobаqa ishtirokchilarni qutlash maqsadida viloyat prokurori B.Axmedov, shahar hokimi A.Bazarovlar so'zga chiqdi.

"Bosh prokuror kubogi" shahar bosqichi doirasida 40 nafarga yaqin sportchi yoshlar g'oliblik uchun bellashishdi.

Qizg'in o'tgan musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar shahar hokimligi, mutasaddi tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

https://t.iss.one/Navoiyyoshlari_uz