NAVOIY YOSHLARI
7.83K subscribers
24.8K photos
4.03K videos
46 files
5.45K links
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi AXBOROT XIZMATI rasmiy telegram kanali

Yangiliklardan xabardor bo'ling!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

⚡️Bugun o‘qishga topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Abituriyentlar bugun soat 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️
Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

❗️Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling!

Qabulga doir ma’lumotlar @eduuzuniversalbot'da.

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz
⚡️ Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.

📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

#Qabul2023
#Abituriyent2023

Bizdan uzoqlashmang
@Navoiyyoshlari_uz