Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
900 subscribers
16.3K photos
620 videos
17 files
2.24K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
Forwarded from Muslim Mirzakulov
#Qabul_2023

🧿Hurmatli ota-onalar! Shu yilning 10-iyunidan Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun QABUL boshlanadi.

🔮Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

🩸Kerakli boʻlgan hujjatlar: rasm 1dona, guvoxnoma, otasi yoki onasining pasporti, baholar tabeli (direktor tasdiqlagan), telefon raqam (doimiy ishlab turadigan)
☝️☝️☝️ Ushbu hujjatlarning barchasi elektron shaklda saytga joylanadi. Oddiy qilib aytsak barchasini telefon orqali sifatli qilib rasmga olib saytga joylash mumkin yoki scaner qilib.

📥Aniq fanlarga 5-sinfga qabul boʻladi.Imtixonlar matematika (30 ta test) va ingliz tili (15 ta test) fanlaridan topshiradi.

📭Tabiiy fanlarga 7-sinfga qabul boʻladi. Imtihonlar tabiiy (Science) fandan 30 ta test, ingliz tilidan 15 ta test boʻladi.

📆 Qabul shu yilning 30-iyuniga qadar (shu kuni ham kiradi) davom etadi.

🔎🔎🔎Bizni kuzatishda davom eting va qabul boʻyicha kerakli maʼlumotlarni bilib oling!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📣HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

⚡️ Respublikamizdagi barcha Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2023-yilning 10-iyun sanasidan 30-iyun sanasigacha davom etadi.

Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

▶️ Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.

📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.

📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 10-iyunidan 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/o-quvchilar-bo-sh-o-rinlari

🗂 Qo‘shimcha ma'lumotlar bilan keyinroq batafsil tanishtirib boramiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlariga
hujjatlar qabuli boshlandi.

🎞
Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi.

📑 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

PREZIDENT MAKTABLARI

IJOD MAKTABLARI

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARI

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi?

Ushbu imtiyoz Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar hamda asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 15-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#eslatma

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.

Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 17-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining hammasi ham aniq va tabiiy fanlarga qabul qilmas ekan. Ushbu maʼlumotlarni maktablar kesimida qayerdan olsak bo‘ladi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, ularning qaysi fanlardan nechinchi sinfga qabul qilishi haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimida yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul

📢 DIQQAT E'LON!

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik
rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube