Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar
986 subscribers
13.6K photos
511 videos
16 files
1.82K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Navoiy viloyat hududiy bo‘limi
Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Navruz

ChSB imtihonlarini bayramona kayfiyatda o'tkazgan Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining zukko va bilimli o'quvchilari Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab tashkil etilgan maktab tadbirini ham ana shunday yuqori kayfiyat va uyushqoqlikda o'tkazdilar. Chinakam bayram sayli ko'rinishini olgan shodiyonalarda o'quvchilarimiz tomonidan qo'shiq va raqslar, quvnoq sahna ko'rinishlari, xalq og'zaki ijodidan namunalar ijro etildi.
Ayniqsa kurash va arqon tortish bo'yicha o'tkazilgan musobaqalar qizg'in va murosasiz kurashlarga boy o'tib, yig;ilganlarga yanada pozitiv kayfiyat ulashdi.

https://t.iss.one/Nurota_IM
HASHAR BIRDAMLIKKA UNDAYDI


Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o’rgansa va o’z tajribasida qo’llashga arziydigan ko’pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko’pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Bugun Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida pedagogik jamoa hamda ishchi xodimlar umumxalq hasharda faol qatnashib maktab hududi hamda uning atrofini ko'kalamzorlashtirishda ishtirok etishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumxalq xayriya hashari doirasida maktab hududida obodlashtirish ishlari olib borildi.


📍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: https://t.iss.one/piimauz

Facebook: https://www.facebook.com/piima.uz

Instagram: @piima.uz

🟢Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Instagram: @ptma_konimex_im

Facebook:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100085402329569

Telegram: https://t.iss.one/konimex_tuman_IM
#PTMA_Qiziltepa_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab

🟢Ma'lumki xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Qiziltepa tuman Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ham ana shunday ezgu ishga birdamlikda qo'l urib,obodlik uchun o'z hissalarini qo'shmoqdalar. Ayni damda maktabimiz hovlisida ishlar qizg'in davom etmoqda.